Mavzu bo‘yicha vaziyatga xos masalalar 1-MASALA.
Barmoqlardan
olingan
ekma
tamg‘alardan
unib
chiqqan
koloniyalardan tayyorlangan surtmalarda sharsimon shakldagi kokklar aniqlandi.
Ular uzum shingiliga o‘xshab joylashgan.
1. Tekshirish natijasini baholang.
2–MASALA. Katta yoshdagi odam najasidan tayyorlangan surtmada Siz ko‘p
miqdorda bo‘lmagan G-tayoqchalar va ko‘p miqdorda achitqi va achitqisimon
zamburug‘larni aniqladingiz.
Tekshirish natijasini baholang.
3-MASALA. Sog‘lom bolaning mekoniysidan tayyorlangan surtmada Siz ichak
epiteliy hujayralarini, G+ kokklar va G- tayoqchalarni aniqlandingiz. Tekshirish
natijasini baholang.
4-MASALA. Bolaning najasida Laktobacterium bifidum, Laktobacterium
acidophilus, Streptococcus lactuslar aniqlandi. Bola qanday oziqlantirish paytida?
Mustaqil ish topshiriqlari 1.
Gram usulida mikroorganizmlarni identifikatsiyalash
2.
Mikroorganizmlarnig morfologik turlarini ajratish.
73
3.
Bemordan ashyo ajratish.
4.
Bakteriologik tashxis qo‘yish.
5.
Serologik tashxis qo‘yish.
6.
Biologik sinama o‘tkazish.
Nazorat uchun savollar 1.
Teri mikroflorasiga nimalar kiradi?
2.
Ko‘z shilliq qavati mikroflorasiga nimalar kiradi?
3.
Quloq mikroflorasiga nimalar kiradi?
4.
Nafas yo‘llari mikroflorasiga nimalar kiradi?
5.
Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasiga nimalar kiradi?
6.
Me’da- ichak tizimi mikroflorasiga nimalar kiradi?
7.
Siydik- tanosil organlari mikroflorasiga nimalar kiradi?
8.
Tana mikroflorasining odam hayotidagi ahamiyati qanday?
9.
Normal mikrofloraning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
10.
Odam organizmida qaysi organlar steril hisoblanadi?
11.
Disbakteriozda qanday holat kuzatiladi?
12.
Odam tanasi normal mikroflorasi qanday usullar bilan aniqlanadi?