81
4. Davolash muassasalarida maxsus sanitariya - gigiena va tashkiliy ishlarni
amalga oshirish.
Aseptikaning asoschilari nemis jarrohlari Bergmann va Shimmelbush.1890
yilda Berlinda Xalqaro vrachlar kongressida Bergmann birinchi bo‘lib,
aseptikaning asosiy qonuni - jarohatga tegadigan har qanday narsa bakteriya
saqlamasligi kerak ekanligini aytib o‘tdi.
Jarrohlik infeksiyasining ikkita manbasi tafovut qilinadi: ekzogen va
endogen. Endogen manba bemor organizmida, ekzogen - tashqi muhitda bo‘ladi.
Endogen infeksiyasini oldini olishda asosiy rolni antiseptika, ekzogenni esa
aseptika o‘ynaydi.
Ekzogen infeksiya: havo-tomchi, aloqa, implantatsionlarga bo‘linadi. Havo
infeksiyasining manbasi havoda birikkan holda yotgan mikrob hujayralaridir.
Mikroblar bilan ayniqsa shahar havosi, yopiq xonalar, kasalxonalar to‘yingan.
Havo infeksiyasi bilan kurash - bu chang bilan kurashdir.
Tomchi infeksiyasi, havo infeksiyasining bir turi, infeksiya manbasi bo‘lib
bemorning so‘lak tomchisi bilan, xodimlar orqali yoki boshqa zararlangan suyuqlik
orqali yuqishi. Bu yo‘l eng xavflidir. Oldini olish: operatsion xonada
gaplashmaslik, niqob tutish, xonani yig‘ishtirish.
Aloqa infeksiyasi - jarohatga nosteril asboblar, zararlangan qo’l, materiallar orqali
tushishi. Oldini olish jarohatga tegadigan hamma asboblarni sterillash.
Implantatsnon infeksiya - jarohatga chok materiali, tamponlar orqali, drenajlar,
protezlar va boshqalar orqali o‘tishi.
Dostları ilə paylaş: