Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 2 | https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2023
304 joylashtrirish uni saqlashga qoldiriladigan ruda seliklari bo‘lmasligi sababli ruda
yo‘qotilishini kamaytirishni ta’minlaydi.
Koni ochishda shaxta stvoli odatda yer yuzidan birinchi gorizontgacha o‘tiladi
va qavat kvershlagi o‘tish orqali ruda yotqizig‘i ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib
olinishi borasida (davomida) stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat
kvershlagi o‘tiladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olishda shaxta stvollarini tez-tez
chuqurlashtrish asosan navbatdagi pastki gorizont zaxiralari qazib olinadi.
Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini
bajarish uchun konni ochishda bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o‘tiladi.
Toza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi
stvollar orqali er yuziga chiqarib yuboriladi.
Tik ruda yotqiziklarini vertikal stvollar bilan ochish: 1-bosh stvol; 2- yordamchi stvollar; 3- qavat kvershlaglari. Chuqurlik bo‘yicha kata uzunlikka ega bo‘lgan ruda tanalarini qazib chiqarishda
ruda tanasining quyi gorizontlarini ochish, ko‘p xollarda ko‘r stvollar o‘tish orqali
amalga oshiriladi. Bosh stvol ruda tanasining bor bo‘yiga o‘tiladi va stvol tubi
tekisligida konsentratsion (yig‘ma) gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan
qazib olingan ruda rudatushirgichlar orqali yig‘ma gorizontga tushiriladi. Shunday
qilib, qazib olingan ruda faqat yig‘ma gorizont kvershlagi orqali tashilib bosh (ruda
kutarish) stvoliga etkazib beriladi. Gorizontal va juda yotiq ruda yotqiziqlari ham
vertikal stvollar bilan ochiladi. Bunday xollarda ruda yotqizig‘i qavatlarsiz qazib
olinadi. Bosh, shamollatish va yordamchi stvollar o‘zaro ruda yotqizig‘i ostidagi kon
jinslaridan o‘tilgan maydon tashish shtreki orqali tutashtiriladi.