Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 20-to’plam iyul 2023 343 M. Gorbachyovning yordamchisi, KPSS MK boʻlim boshligʻi V.Boldin Sh.
Rashidov faoliyati davrini shunday eslaydi.
“Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti oʻziga erk
berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni boshladi. Eslayman,
Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib Oʻzbekiston
rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, koʻndirishga harakat
qilardi: „Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham
terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim yil ketadi”. Gorbachyov esa:
“Baribir koʻproq topshiringlar” [
www.uz.wikipedia.org
.
internet sayti.].
Sharof Rashidovning ilmiy faoliyatiga ham biroz to’xtalsak,
1945-yili
Sharof
Rashidovning — „Mening nafratim“ nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi.
„Gʻoliblar“ povestida (
1951
) xalqning dehqonchilik yerlari uchun kurashi tasvirlanadi;
xuddi shu mavzu „Boʻrondan kuchli“ romanida (
1958
) ham rivojlantiriladi.
1964
yilda
nashr qilingan „Buyuk toʻlqin“ romani sovet jangchilarning Ikkinchi Jahon urushida
koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. „Kashmir qoʻshigʻi“ romantik povestida
(
1956
) hind xalqining ozodlik kurashi koʻrsatiladi.
1950
-yili Rashidovning publitsistik
maqolalaridan iborat „Tarix kelishuvi“ nomli toʻplami,
1967-yili
„Doʻstlik ramzi“ nomli
kitobi nashrdan chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb
jihatlarini o’zida qamrab olgan edi[
Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi
.].
Sharof Rashidovich Rashidov Respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator
bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish
oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi
noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar
tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq
qoralandi[
https://www.uzavtoyul.uz/uz/post
internet sayti].
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, ushbu murakkab shaxs o’z faoliyati davrida
oqilona boshqaruvni amalga oshirgan bo’lsada, o’limidan so’ng, uning nomi qora