2 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xo'jaev F. E. Po’latxo’jaeva D. M



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/63
tarix22.12.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#189142
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Ularga quydgilar kiradi: 
* omborхona inshoatining asosiy o`lchamlari; 
* mехanizatsiyaga ehtiyoj; 
* qo`shimcha yordamchi vositalar va uskunalarga ehtiyoj
* ish kuchiga ehtiyoj va qo’shimcha mеhnat rеsurslarini jalb qilish. 
Alohida tovar guruхlari ichida quydgi shartlarga rioya qilgan holda 
guruхchalar bo`yicha tartibga kеltirishni o`tkazish zarur: 
1. Bir хil ulchamlar va konstruktsiyaga ega joylashtiriladigan birliklarni 
alohida omborхona bo`limlariga joylashtirish kеrak. 
2. Omborхona bo`limi uzunligi doirasida joylashtiriladigan birliklar 
tarkibiy qismlarining qat`iy bеlgilangan miqdori o`rnatiladi. 
3. Agar tovarlar bеvosita bir-birlari ustiga joylashtiriladigan bo`lsa, 
ularning miqdori oldindan aniqlanishi va bеlgilangan miqdordan oshib kеtmasligi 
kеrak. Sarmoyalar kiritishda xarajatlar omborga joylashtirish tехnologiyalarini 
taqqoslashda baholash ko`rsatkichlari sifatida bo’lishi mumkin: 
* uskunaning tехnik imkoniyatlari va unga ehtiyoj; 
* omborхona ob’еktidan foydalanish хarajatlari; 
* omborхona хodimlariga ehtiyoj; 
* omborхona sigimining kattaligi; 
* omborхona maydonlariga ehtiyoj; 
Logistik tizim omborlarni boshkarishni avtomatlashtirish. Sanoat ishlab 
chikarish, mahsulotlarni taqsimlash va sotish rivojlanishining hozirgi zamon 
yo`nalishi еtkazib bеrishga tayyorgarlikning yuqori darajasini ta’minlash bilan 
bogliq. Bunda еtkazib bеrishning tеzligi va sifatiga buyurtmalarni omborхona 
zahiralarini oshirish hisobiga emas, balki informatikani rivojlantirish, ya’ni 
intеgratsiyalashgan aхborot tizimi (IAT) hisobiga erishish mumkin. 
Logistikaning intеgratsiyalashgan aхborot tizimi ostida logistik 
jarayonlarni boshqarish uchun zarur bo`lgan ma’lumotlarni yig`ish, uzatish va 
qayta ishlashni ta’minlovchi tizimni tushinish kеrak. SHuning bilan birga logistik 


59 
jarayonlar хomashyosini olishdan tortib to mahsulotlarni uning istе`molchilariga 
еtkazib bеrishgacha bo`lgan butun zanjirni qamrab olishi kеrak.
Bundan mablag` kiritishning asosiy tamoyili kеlib chiqadi: mablag`larni 
omborхona zahiralarini yaratish uchun emas, balki moddiy va aхborot
oqimlarning zamonaviy tizimlarini yaratish uchun kiritish kеrak
53

IATni yaratish quydagilarga yordamlashadi: 
1-shakl. Omborga joylashtirishning eng qulay tехnologiyasini tanlash. 
* iqtisodiy jarayonlarni modеllashtirish uchun ma’lumotlarni yigish, 
uzatish va qayta ishlashni amalga oshirish; 
* eng qulay tovar harakatini bеlgilash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish; 
* moddiy rеsurslar buyurtmasi miqdorini aniqlash; 
* omborхona хo`jaligini tехnik ta’minlash boshqarish jarayonini 
avtomatlashtirish; 
An’anaviy avtomatlashtirilgan tizimlarga nisbatan IAT bir, qator 
afzalliklarga ega, ulardan muhimlari quydagilardir. 
* aхborotlarni uzluksiz (intеgratsiyalashtirilgan) yig`ish; 
* tashqi muhit va korхona faoliyati haqida aхborotlarning katta hajmi ; 
* muhim ma’lumotlarni saqlash; 
* markеting rеjasini moslashtirish; 
* qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlarni olishning yuqori tеzligi; 
* ishlab chiqarish xarajatlari va foydaning tahlili
Logistik servis darajalari. Hozirgi kunda raqobatbardoshlikni ta’minlash 
uchun sifatli mahsulot ishlab chiqarishning o`zi kifoya qilmaydi. Mahsulotni 
xaridorga eltib berish jarayonida ishlab chiqaruvchi yana qo`shimcha xizmatlar 
taklif qiladi, ya’ni iste’molchining talab ehtiyojlarini to`liq qondirishga urinadi. 
Logistik xizmat (logistik servis) bu - mahsulotni eltib berish jarayonida 
ko`rsatiluvchi xizmatlar jamlanmasidir. Logistik servisning ob`ekti vazifasini 
material oqimdagi turli-tuman iste’molchilar bajaradilar. Logistik servis yoki 
53
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016


60 
ta’minotchining o`zi tomonidan yoki mahsulotlarni eltib berishga ixtisoslashgan 
maxsus ekspeditorlik firmasi tomonidan amalga oshiriladi. Logistik xizmat 
ko`rsatishga oid ishlar uch guruhga bo`lish mumkin: 
1. Logistik servisni ro`yxatga olishga qaratilgan sotuvgacha bo`lgan 
ishlar—asosan, bu servisning darajasini rejalashtirish ishlarini o`z ichiga oladi.
2. Mahsulotlarni sotish jarayonida amalga oshiriluvchi logistik xizmatga 
oid ishlar: 
• assortimentni yig`ish, qadoqlash, yuk birliklarini shakllantirish va boshqa 
operatsiyalar; 
• eltuvchining ishonchliligini ta’minlash; 
• eltib berish muddatlarini qisqartirish; 
• yuklarning bosib o`tgan yo`li borasida ma’lumot taqdim etish. 
3. Sotuvdan keyingi xizmatlar. Bu kafolat, xaridorlardan kelib tushayotgan 
shikoyatlarni ko`rib chiqish va hk. Sotilgan mahsulotlar reestrini yaratish sifatli 
mahsulotlar sarfini aniq belgilash, domiy nuqsonli mahsulotlarni aniqlash va 
ulardagi nusqonni bartaraf qilishga doir chora-tadbirlar ko`rish imkonini beradi. 
Barcha sotuvdan keyingi xizmatlarni shunga oid tajribaga ega bo`lgan maxsus 
servis xizmatlari amalga oshirishlari lozim.
54
Tashkilotning logistik xizmat 
ko`rsatish darajasi bir nechta omillarga ko`ra baholanishi mumkin.
Baholash quyidagi formulaga ko`ra bo`lishi ham mumkin. Servis darajasini 
ayrim logistik xizmatlarni bajarishga ajratilgan vaqtni bir guruh logistik 
xizmatlarga sarflanajak vaqtga taqqoslash orqali ham baholash mumkin. Mahsulot 
yetkazib beruvchining logistik servis darajasini baholash uchun quyidagi omillar 
qo`llaniladi. 
• Etkazib berishning ishonchliligi; 
• Buyutmani qabul qilib olish va mahsulotlar partiyasini etkazib berish 
uchun to`liq vaqt; 
• Ta’minotning moslashuvchanligi; 
54
Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш). 
“EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012 


61 
• Ta’minlovchi omborida zahiraning mavjudligi; 
• kreditlar berish imkoniyati va hk. 
Etkazib berishning ishonchliligi – bu ta’minlovchining kelishuvda 
ko`rsatilgan etkazib berish sanalariga, belgilangan muddatlarga amal qila olish 
layoqatidir. 
Ta’minotning moslashuvchanligi bu ta’minotchi tomonidan 
mijozlarning alohida talablarini inobatga ola bilishlaridir: buyurtma shaklining 
o`zgarishi, qadoqlash va o`rashning o`zgarishi, buyurtma holati haqida ma’lumot 
olish istagining tug`ilib qolishi va hk. Har bir alohida servis tashkiloti uchun 
logistik servisning sifatini baholash omillari turlichadir. Masalan, o`z-o`ziga 
xizmat ko`rsatish do`konlaridagi logistik servis darajasini ikki omilga ko`ra 
baholash mumkin
55

1) mahsulot assortimenti; 
2) xaridorlarga kassa xizmati ko`rsatish tezligi; 
Shunda servis darajasi ko`rsatkichlari quyidagi ko`rinishda bo`ladi. 
Mahsulotlar assortimentiga ko`ra servis darajasi; 
Kassa xizmati tezligiga ko`ra servis darajasi; 
Xizmat ko`rsatish tezligini shuningdek bitta mijozga xizmat ko`rsatishning 
o`rtacha vaqtidan kelib chiqib ham aniqlasa bo`ladi. Ammo, bu tegishli 
o`zgarishlarni taqozo etadi. Transport tashkiloti uchun logistik servis xizmatini 
baholash omillari esa etkazib berish ishonchliligi, yukni ortish-tushrish vaqti, 
qo`shimcha taklif qilinuvchi xizmatlar soni va hokazolar bo`lishi mumkin. Logistik 
servisning optimal hajmini belgilash. Logistik servis sifatining oshishi bilan 
kompaniyaning savdo hajmi ham kengayadi, buning ketidan esa daromadi ham. 
Biroq, xizmat doirasining kengayishi o`z ortidan tashish xarajatlari ko`payishini 
ham olib keladi. Shuning uchun ham logistikaning muhim vazifalaridan biri 
servisning optimal darajasini aniqlashdan iboratdir. Logistik servisga yo`naltirilgan 
nomuqobil tushumlar eksponensial harakter kasb etadi, ya’ni xarajatlarning 
55
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г 


62 
ma’lum bir bosqichiga yetilganida ular keskin ko`payib ketadi. Zero servisning 
boshlang`ich bosqichi uncha katta bo`lmagan sarmoyalardangina iboratdir. 
Ammo, bozor talabining o`sib borishiga muvofiq tashkilot ham katta 
mablag’ talab qiluvchi tadbirlarga qo`l urishiga to`g`ri keladi. Tashkiliy tadbirlar 
natijasida shkillanuvchi nomuqobil tushumlar quyidagi shaklda bo`ladi: 
1) ko`pchilik bozorlar sotuvchidan servisning minimal darajasini talab 
qiladi. Aks holda tashkilot bozorga qabul qilinmaydi. 
2) servisning ma’lum darajasiga yetishgandan keyin uning kelgusidagi 
rivojiga bozorning aralashuvi yo`qoladi. Nomuqobil tushumlar bozorning 
reaksiyasi orqali belgilanadi va kompaniya tomonidan olib borilgan raqobat 
jarayoni, odatda, nomuqobil harajatlarga ta’sir etmaydi. 
Logistik servisni yaratish va uning hajmini optimallashtirish. Xaridorlar 
tayyor mahsulotni sotib olish jarayonida ishlab chiqaruvchining logsitik tizimdagi 
faoliyatini ham inobatga oladi ya'ni ta’minotchining raqobatbardoshligiga 
assortiment ham, taklif etilayotgan xizmatlar ham ta’sir ko`rsatadi. Logistik 
xizmatlar va ularning sifati o`zgarishi mumkin bo`lgan muayyan diapazonlar 
miqdori, xizmatlarning firma raqobatbardoshligi xarajatlari hajmiga ta’siri, 
shuningdek, boshqa ko`pgina omillar iste’molchilarga logistik servis ko`rsatish 
sohasida maxsus strategiyaga ega bo`lishlik lozimligini ko`rsatadi. Logistik servis 
tizimida harakatar ketma-ketligi quyidagi tizim bo`yicha shakllanadi: 
• iste’mol bozorini segmentlash; 
• haridorlar uchun eng kerakli xizmatlarni aniqlay bilish; 
• xizmatni turkumlash; 
• bozorning alohida segmentlari kesimida xizmat standartlarini 
aniqlashtirish; 
• ko`rsatiluvchi xizmatni baholash, servis darajasi va ko`rsatilayotgan 
xizmat narxida o`zaro aloqani o`rnatish, kompaniya raqobatbardoshligi uchun 
zarur bo`lgan servis darajasini belgilash; 


63 
• xaridorlar talablari bilan xizmatlar o`rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash 
uchun xaridorlar bilan qayta aloqani o`rnatish. 
Servis xizmatlari ko`rsatishdagi xarajatlarni qisqartirish uchun kompaniya 
o`z resurslarini odatda xaridorlar tomonidan aytilgan xizmatlar orasida ular uchun 
hammasidan ham muhimroq bo`lganlariga urg`u berishga sarflaydi. Qoidaga ko`ra, 
ishlab chiqarish hajmining ortishi (son yoki assosrtiment hisobiga) servis 
darajasining ham ortishini yetaklab keladi. 
Bozor iqtisodiyoti asosida jahon iqtisodiyotining keng va tez 
rivojlanayotgan qismi yotadi. Ilmiy adabiyotlarda xizmat turi va usullarining 
xilma-xil tartiblanuvlari uchraydi va ularning har biri servis faoliyatiga o`ziga xos 
nuqtai nazarni ifodalaydi. Toshkent shahri hududi misolida ko`rsatilgan xizmat 
turlarini ko`rib chiqib, ulardan quyidagilarni ajratish mumkin: 
1)Ishlab chiqaruvchiinjiniring dastgoxlarga xizmat ko`rsatish va ta’mirlash va hk. 
2) Taqsimlovchi – tijorat, transport, aloqa; 
3) Professional – bankga oid, sug`urtaga oid, moliyaviy, konsultatsion, reklamaga 
oid; 
4) Iste’molchilik – uy-ro`zg`or xo`jaligi va vaqtni o`tkazishga qaratilgan xizmatlar 
jamlanmasi; 
5) Jamiyatga oid tele, video, radio, ta’lim, madaniyat. 
Bozor iqtisodiyoti va uning infratuzilmasini rivojlanishi bilan transport 
xizmati ham taraqqiy etmoqda. Transport xizmatlariga bo`lgan talab asosan ayni 
shu hududdagi amalda ishlab turgan transportlar sifatidan kelib chiqiladi. Hozirigi 
kunda Toshkent shahrining jamoat transporti bu avtobuslar, metro va yo`nalishli 
taksilardir. Toshkent shahrida transport xizmatini taklif qiluvchi yuzlab, minglab 
tashkilotlar yaratildi. Avtotashuvlardan tashqari, shuningdek professional temir 
yo`l tashuvlari xizmati ham mavjud. Temir yo`llari zichligi bo`yicha Toshkent 
shahri respublikamizda 1-o`rinda turadi. So`nggi vaqtlarda respublikada xizmatlar 
orasida tadbirkorlikning mustaqil shakli qaror topmoqda konsultativ (konsalting). 
Konsalting, professional xizmat ko`rsatish jarayoni sifatida mijozga uning faoliyati 
samaradorligini oshirishga oid ma’lumotlar va tavsiyalar bilan yoki muammolarini 


64 
yechib berish yo`li bilan ko`mak berish ko`rsatiladi. Odatda, konsalting xizmatiga 
quyidagi bozor sektorlari ajratiladi: IT-konsalting, soliq konsaltingi, strategik 
konsalting, baholash faoliyati, moliyaviy konsalting, yuridik konsalting, personal 
bilan ishlash, ishlab-chiqaruv konsaltingi, marketing konsaltingi
56

Huhudiy bosqichda ham reklamalarning keng spektrini alohida ta’kidlash 
o`rinli. Asosan bular moliyaviy, auditorlik, soliq va konsalting xizmatlaridir. 
Hozirgi kundagi xizmatlar o`rtasida turar-joyni ta’mirlash va qurishga, shuningdek, 
ro`zg`or va kommunal xizmatlarga qaratilgan iste’mochi xizmatlari (ommaviy 
xizmatlar) alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xo`jalik xizmatlari orasida eng katta 
ulush, davlat statistikasi xizmatining Toshkent shahar bo`limi ma’lumotlariga 
ko`ra, turar joy qurish va ta’mirlash xizmatlari egallaydi–35,4%, avtotransport 
mahsulotlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko`rsatish – 21,4%. Bunga sabab ushbu 
xizmat turi narxining oshib ketganligi va bozorda juda k`op tayyor kiyim 
mahsulotlari paydo bo`lganligi bilan bog`liq. Shunga qaramasdan, hududda kichik 
tadbirkorlikning rivojlanishi bilan ba’zi xizmat turlarida o`sish holatlari kuzatilgan. 
Umuman, kichik tashkilotlarning katta qismini haligacha iqtisodiy faoliyatning 
“ulgurji va chakana” savdo, avtotransport vositalari, xo`jalik texnikasi va shaxsiy 
foydalanuv uchun mo`ljallangan buyumlar ta’miri” yo`nalishi yetakchilik 
qimoqda. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin