4.2.Ta’minot (tijorat)tizimida strategik rejalashtirish
Logistikada rejalashtirish – logistik tizim o`z faoliyat qonuniyatlari bilan
belgilanuvchi obyektiv ehtiyojdir. Gap shundaki, logistik tizim texnologik
shakllanishning ijtimoiy turiga, ya’ni inson faoliyatiga bog`liq tizimlarga
taaluqlidir. Shakllanuvning bu ko`rinishi xotiraning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Aniq fanlar Markov jarayonlari deb atalmish hodisalarni o`rganadi. Ular uchun,
tizimning hozirgi vaqtdagi mavjud holatida, ularning kelgusidagi rivojlanishi xuddi
shu tizimning o`tmishdagi holatidan mustaqildir.
Ijtimoiy fanlar xotiraga “ega” jarayonlarni o`rganadi va bunda o`tmish,
hozirgi vaqt va kelajak o`zaro bir-birlariga bog`liq bo`ladilar. Muqaddam tarixiy
xotira asosan ijtimoiy hodisalar yuzaga kelishining tarkibi va shakllarini belgilaydi.
Ommaviy ahamiyatga ega bo`lgan har qanday hodisaning muvaffaqiyatini, asosan,
oldindan tuzib chiqilgan rejalar bilan o`lchanadi.
Reja – bu niyat-maqsad, o`ylab
chiqilgan faraz, u yoki bu narsaga erishish yo`lida tuzib chiqilgan harakatlar
tartibidir. Rejalashtirilgan logistik faoliyat degani, bu aniq bir ishni, undan
ko`zlangan pirovard maqsad, uning mazmuni, ko`lami, usuli, ketma-ketligi,
bajarilish muddatlarini ham o`z ichiga olungan holatdir.
Bu faoliyat birinchi navbatda tashkilotlar va firmalar ishida yoki
integratsiyalashgan logistik obyektlar doirasida tashkillashtiriladi. Logistik
tizimning maqsadli rivojlanish ko`rsatgichlari va elementlarini korxona yoki
markazlashtiruvchi kompaniya (tizminni boshqarish markazi) belgilaydi. Turli
darajadagi logistik obyektlarning rivojlanish rejasini tuzib chiqish, shuningdek,
rejalasrni amalga tadbiq qilish, amalga oshirilishini tartibga solish va nazorat qilish
78
amaliyotlarini ham o`z ichiga oladi. Buning uchun faoliyatni indikativ
rejalashtirish (dasturlash) usullari qo`llaniladi.
64
Rejaga solingan vazifalarni bajaruvchiga yetkaza bilish nuqtai nazaridan
uch turdagi rejani farqlash mumkin: imperativ, me’yoriy va aralash.
Imperativ reja
- tizimning barcha elementlariga, barcha bosqichlariga
markazlashtirilgan tartibda aniq vazifalarni qo`yadi.
Normativ reja
- esa
markazlashtirilgan tartibda ammo shaxslardan holi bo`lgan normativlarni
belgilaydi, masalan chegirma narxlar miqdori yoki moddiy oqim parametrlari.
Aralash reja
- o`zida ham imperativ reja (katta-katta qarorlar, proporsiyalar
va templar masalasida) ham normativ reja unsurlarini jamlahshi orqali logistik
tizim elementlariga muayyan harakat erkinliklarini beradi. Shunday qilib, logistik
faoliyatni rejalashtirishni logistik tizimning aniq bir vaqt mobaynida rivojlanish
modeli sifatida baholash mumkin. Strategik rejalashtirish boshqa turdagi –
operativ, taktik va uzoq muddatli (istiqbolli) – rejalashtirishdan farqlanadi. Bu
farqlanish nafaqat rejaning tafsilotlari, maqsadlari tizimsi va rejalashtirish
jarayonlarini
aniqlashtirishda
bilinadi,
shuningdek,
rejalashtirish
vektori
yo`nanilishi tanlashda ham ko`zga tashlanadi.
“Strategiya” so`zi yunonchadan tarjima qilinganda
“stratos”
– “qo`shin”,
“ago”
– “olib boraman” ma’nolarini anglatadi. Strategiya harbiy sohaga taalluqli,
bu – urush olib borish ilmi, jang san’atining eng yuqori cho`qqisi. Urush
sohasidan tashqarida esa, strategiya –
jamoaviy jarayonlarni boshqarish san’ati,
qoidalarga asoslangan va uzoq kelajak bashoratlariga tayangan holda
rejalashtirish san’atidir.
– XX asrning boshlaridayoq iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini amalga
tadbiq qilish ishlari Respublikamizni bir qator hududlarida yo`lga qo`yildi. Bu kabi
ulkan maqsadlar yo`lidagi navbatdagi strategik muhim bosqich sifatida, o`sha
paytda butun mamlakat ishlab-chiqarish sohasini rivojlantirib yuborishga qodir
64
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г
79
bo`lgan temir yo`l qurilishi tanlandi. Va bu rejalarning amaliy tadbiqoti sifatida
temir yo`llar tizimi xisoblanadi
65
.
Strategik rejalashtirishning o`sha davr uchun eng ulkan loyihasi, mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantiruvchi birinchi raqamli rejasi sifatida esa Respublikamizni
elektrlashtirishni ko`rishimiz mumkin (GOELRO). Kelajakni oldindan ko`ra olish
qobiliyatiga ega bo`lgan eng a’lo mahalliy mutaxassislar 1920-yilda respublikani
elektrlashtirish rejasini tuzib chiqdilar, bu esa o`sha davrning iqtisodiy, texnik va
ijtimoiy-siyosiy talablariga to`liq javob berar, hatto kutilgan natijalardan ortiqroq
ham bo`lib chiqdi. Insoniyat tarixida ilk bor butun mamlakat xalq xo`jaligi
miqyosidagi davlat markazlashtirilgan rejalashtirish tizimi ishlab chiqildi. Hozirgi
kunda strategik rejalashtirish vazifalari u qadar olamshumul emas.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari bu vazifalarni o`z-o`zidan hal qilmoqda.
Strategik rejalashtirish barcha darajalarda, shu qatorda korxonalar, tashkilotlar
miqyosida ham qo`llanilishi mumkin. Nima bo`lganda ham ular dastur vektori
yo`nalishini tanlab olish va bugungi kunda kelajak avlodlari bilan qaray olishdan
boshlanmog`i darkor. Shuni yodda saqlash lozimki, strategik qaror deb faqatgina
obyektning barcha boshqa faktorlarini harakatga keltira oluvchi qarorgagina
aytilishi mumkin. Qabul qilingan strategik qaror hech nimaga qaramasdan
bajarilishi lozim, hatto u kimgadir noreal, haqiqatdan yiroq tuyulsa ham.
Ta’minot tizimining kelajak rivojlanishi borasidagi tasavvurlarga tayangan
holdagi logistik faoliyatni rejalashtirish juda qiyin. Statistik ma’lumotlarga
qaraganda, ishbilarmonlar tomonidan shakllantirilgan strategiyalarning 10 foizdan
ko`p bo`lmagan qismigina amaliyotga tadbiq qilinarkan. 1990-yillarda bir qadar
muvaffaqiyatlarga erishgan va kelajakni to`g`ri taxmin qila olmagan
Respublikamizni 40 foizga yaqin ish bilarmonlari 2010-yilgacha faoliyat olib bora
olmadi. Bu bizneslar uchun strategik rivojlanish vektori to`g`ri tanlanmagan yoki
ular umuman strategik rejalashtirilmagan deya taxmin qilishimiz mumkin.
Biznes olamidagi ta’minot tizimida faoliyat yurituvchi ishtirokchilarni
integratsiya qilish usullarini taraqqiy toptirish asnosida ularning bir tartibda
65
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016
80
rivojlanishiga oid muammo tug`iladi. Shuning uchun ham tizimning element-
bog`lamlarining strategik rivojlanish vektorlarini tanlashga oid maslahatlar
tavsiyaviy harakter kasb etadi va har doim ham hayotga tadbiq etishga
yaravermaydi.
66
Logistik tizim bog`lamlarida (bozor subyektlarida bo`lgani
singari) birinchi o`rinda o`z biznesini saqlab qolish turadi. Bunga esa faqatgina
biznes olamidagi integratsiya usullarini ratsionalizatsiyalash evaziga erishiladi.
Butun boshli logistik tizim uchun strategik qarorlar bora-bora markazlashtiruvchi
kompaniyaga zamin yaratadi, u esa, o`z navbatida ta’minot tizimida o`zaro
munosabatlar sxemasini va sheriklar integratsiyasini quradi. Ta’minot tizimida
logistikaning strategik va operativ integratsiyasi shunday kechadi.
Ta’minot zanjirining ish berish-bermasligi ustida o`tkazilgan tajriblar
shundan dalolat qiladiki, omadli kompaniyalarning ko`pchiligi mahsulot
aylantirish uchun bir necha turdagi tashkilotlarni ishga soladi. Ko`p miqdordagi
ta’minotchilar, iste’molchilar va vositachilar bilan o`zaro aloqa o`rnatish zanjir
boshqaruv markazidan iqtisodiy oqimni ko`pvariantli nazorat qila olishlikni talab
qiladi. Aniqlanishicha, iqtisodiy oqimning tashkillashtiruv formalarida (zanjirlarda,
tarmoqlarda, kanallarda) logistik funksiyalarning boshqa operatsion funksiyalar
(ishlab chiqaruvchi, marketing, sarmoyaviy) ustidan hukmron ta’siri kuzatilmaydi.
Ammo asosiy rol xoh logistik xoh nologistik faolitat bo`lsin funksiyalarni
kompaniya tarkibi yoki undan tashqarida – ta’minot tizimi ishtirokchida
integratsiyalashda qoladi. Shunday bo`lsa-da, ta’minot tizimida logistik strategiya
markazlashtiruvchi kompaniya tomonidan qabul qilingan tizimning umumiy
logistik tizimiga yo`naltirilgan bo`lishi lozim.
67
Biznesning o`z strategik rivojlanish tomoniga yo`naltirilgan istiqbolli
yo’nalishlar bo`yicha qay tartibda o`sib borayotgani aniqlashtirilmagunicha
iqtisodiy oqimning aynan qaysi ko’rinishda eng maqbul, iqtisodiy jihatdan
samarali
ekanligini
bilib
bo`lmaydi.
Bu
savolga
javob
tizimning
66
Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш).
“EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012
67
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г
81
markazlashtiruvchi kompaniyasida (markazdan) topiladi. Xorijiy mutaxassislar
ko`p vaqt mobaynida ta’minot zanjirining eng yuqori darajalariga chiqishlikni
quyidagi
Dostları ilə paylaş: |