2 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xo'jaev F. E. Po’latxo’jaeva D. M



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/63
tarix22.12.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#189142
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
oshirish xususiyatlari 
6.1. Xizmat ko’rsatuvchilarning tashkiliy tizimi 
Tarixan tijorat-savdo-sotiq tadbirkorlik faoliyatini ilk shakllangan turidir. U 
hamma joyda sotuvchilik faoliyati sifatida shakllangan. Amaliy logistikaning 
tarkibiy qismini tashkil qiluvchi narsalarning aksariyat qismi aynan tadburkorlik 
sohasida rivojlangan va shakllangan. 
Logistikada vositachilarning roli yana-da kengaydi. Asosiy faoliyatdagi 
muayyan funksiyalarni amaliy ro`yobga chiqarish ularga o`tdi, bu esa, o`z 
navbatida, vositachilik bazasi tadbirkorlikning yangi turlari yaralishishga zamin 
yaratdi. Logistik xizmatlar bozori rivoj topadi. 
Tijorat logistikaning transport bo`limi funksiyalari takomillashtirilmoqda. 
Respublikamiz tajribasida transport xarajatlarining ulushi umumiy logistika 
xarajatlarining uchdan ikki qismiga to'g'ri keladi. 
Omborlashtirishning logistik funksiyalari ham katta o`zgarishlarga 
uchramoqda. Moddiy oqimdagi nomutanosiblik sohada “pauza” tushunchasi bilan 
aniqlashtirilgan. Omborlashtirishdan (saqlash ma’nosida) qutilishga harakat 
qilinmoqda. Muhimlik borasida birinchi o`ringa umumiylashtirish, demontaj qilish, 
yig`ish, mahsulot assortimentlarini tanlash va hokazo kabilar chiqib kelmoqda. 
Logistika sohasida xizmat qiluvchi tashkiliy tizimlar 
Tadbirkorlik, o`zi, ixtisoslashgan xo`jalik faoliyati sifatida birinchi bo`lib 
savdo-sotiq ishlarida paydo bo`ldi. Unda, o`sha davrdayoq zamonaviy tadbirkorlik 
va xo`jalik falsafasining bosh asoslari ildiz otib ulgurgandi. 
“Savdo ishi” atamasi o’bek lug’tida qadim zamonlardan buyon ishlatilib 
kelinadi va u tadbirkorlikning muayyan turini aks ettiradi. Ammo, keyingi 
paytlarda bu so`z o`z o`rnini “kommersiya” atamasiga bo`shatib berib, o`zi 
ikkinchi darajaga tushib ketdi. Ammo bu atamaga qiziqish yana oshmoqda: 


129 
Uchinchi avlod davlat ta’lim standartlaridagi kommersiya sohasi bo`yicha bakalavr 
va magistrlar tayyorlash yo`nalishi “Savdo ishi” deb nomladin
91

Shunda uning qanday ma’noni anglatishini aniqlashtirishga ehtiyoj tug`ildi. 
Savdo ishi – yasama so`z. U o`zida ikkita so`zning “ish” va “savdo” 
so`zlarining ma’no jamlanmasini ifodalaydi. Ish “mutaxassislik, ma’lum 
mutaxassislikka oid bo`lgan barcha elementlar yig`indisi”. Rus tilida “torg” va 
“rinok” so`zlari bir xildagi ma’noviy tarkibga ega. “Torg” bozorga chiqarish, 
bozor, sotiladigan va sotib olinadigan joy ma’nolarini anglatadi; “Rinok” – xarid, 
shahar va qishloqlardagi oldi-sotdi uchun ajratilgan maydonni bildiradi. 
Tilshunoslar va tarixchilar fikriga ko`ra slavyan tilidagi slavyancha “torg” so`zi 
skandinav tillariga “bozor” degan ma’no bilan ko`chgan va rus tiliga ham xuddi 
shu ma’no bilan ko`chgan. 
“Torgovlya” so`zi – “torg” so`zi asosida yasalgan yasama so`z bo`lib, 
“savdo qilmoq, oldi-sotdi amaliyoti tijorat jarayoni” ma’nolarini anglatadi. 
Fransuzcha “kommersiya” so`zi rus tilidagi “torgovlya” – “xarid, savdo, savdo 
aylanmasi, tijorat jarayoni” so`zlari bilan bir xil ma’noda keladi. 
Ko`rib 
turganimizdek, 
“savdo ishi” boshlanishida “tijorat” va 
“kommersiya” so`zlarining sof holdagi holatiga qaraganda kengroq va ma’noliroq 
bo`lgan. Uning ma’nosi oldi-sotdi amaliyoti bilangina chegaralanib qolmadi. 
Sotuvchilar sifatida, faqatgina, savdo ishi bilan professional shug`ullanadigan 
odamlarga aytishgan. Hozirga kelib, “savdo ishi” so`zining tarkibiy ma’nosi 
yanada kengroq va aniqroqdir. U uchta birlikni o`zida jamlagan: 
-iste’molchilik va tijorat maqsadlaridagi mahsulotlar va xizmatlar bozorini, 
ushbu jarayonning mutloq to`liq holida, tashkil toptirish: 
Professional faoliyat turi – mutaxassislik (unga oid barcha narsalar 
jamlanmasi); 
- Tadbirkorlik turi. 
91
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г 


130 
Eslatib o`tish lozimki, “savdo ishi” so`zining ayni shunday tavsif etilishi 
uchinchi avlod ta’lim standartidagi bakalavr va magistrning professional faoliyatini 
to`g`ri harakaterlay oladi. 
bizning vaqtga kelib, Tijorat faoliyat ko`lamining va uning ichki protseslari 
differensiatsiyasi kengayishi marketing va logistika kommersiyasidan ajralib 
chiqish imkoniyatlarini belgiladi. Ammo ularning ichki o`zaro aloqalari saqlanib 
qolmoqda, bu rivojlanishning umumiy tendensiyalarini belgilaydi. 
Tijorat logistika, faoliyat turi o`laroq, o`z tarkibiga ko`ra sifat jihatidan bir 
turdagi emas balki u ishlab chiqarish yoki savdo-sotiq amaliyotining bir qismidir. 
Uni, odatda, ayni shunday sifat bilan biladilar. Ammo logistikaga boshqa holatlar 
ham xos u, kommersiya singari ixtisoslashgan tadbirkorlik muvaffaqiaytli 
shakllanuvchi soxasiga ham aylandi. Bu kabi holat marketing sohasida ham sodir 
bo`ladi.Bu esa kommersiya, logistika va marketingning rivojlanishining umumiy 
tendensiyalari borasidagi oldinroq qabul qilingan qarorni tasdiqlaydi. 
Logistika sohasida funksiyalarning qayta taqsimanishi amalga oshmoqda: 
logistik vazifalarni belgilamoq va tashkiliy masalalar korxonaning logistik 
xizmatlarida yuklatilmoqda, vazifalarni bajarish va logistik operatsiyalarning 
amalga oshiqish borgan sari ko`proq holatlarda chetdagi ixtisoslashgan 
tashkilotlarga topshirilmoqda. Ijtimoiy mehnatning bu xildagi bo`linishi 
ixtisoslashgan servis xizmatlari, informatsion xizmatlar, transpor-ekspeditsion 
xizmatlar, omborxona xizmati va hokazo kabilarga mustaqil biznes turi sifatida 
ajralib chiqishlariga imkon yaratdi. Ularning vositachilik vazifasi logistika 
samaradorligini sezilarli oshirishga xizmat qiladi.
92
Logistik faoliyatning ikki holati o`rtasida farqsizlanish amaliyotda 
allaqachon tabiiy holatga aylanib ulgurdi. Biroq, logistik tadbirkorlik hali tizimli 
tadqiqot obyekti bo`lib ulgurmadi. 
Ma’lumki, ilmiy nuqtai-nazardan ham logistikani ikkiga bo’lish maqsadga 
muvofiq xisoblanadi–ishlab chiqarish yoki tijoatga asoslangan tadbirkorlik 
92
Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш). 
“EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012 


131 
ko`rinishidagi xo`jalik faoliyati hamda mustaqil tadbirkorlikning asosiy tarkibiy 
qismi bo`lib ulgurgan logistikalarga bo`lish - maqsadga muvofiq. Har birida o`z 
muammolari va ularning yechimiga doir o`z vositalari bor. Va ularning har 
qaysinisi ularni maxsus o`rganishga arziydi. 
Logistikada, 
bilim 
sifatida 
olib 
qaralganda, 
qidiriv 
sohalarini 
kengaytirmoqda va vazifalari ham murakkablashmoqda: u endi sifat jihatdan 
ikkiga ajratilgan holatdagi logistik faoliyat uchun tavsiyalar ishlab chiqishga va 
uning tajribasi o`laroq erishilgan barcha yaxshi jixatlarini o’zlashtirib olishiga 
to`g`ri kelmoqda. 
Amaliy tajribalar shndan dalolat beradiki, korxonaning real iqtisodiyoti 
tarmoqlarida o`z logistik funksiyalarini amalga tadbiq etib olishlik uchun chet el 
vositachi-korxonalarga 30% foizga yaqin kuchini sarf etadi. Hozigi kunda dunyoda 
logistik faoliyat bozori yuzaga keldi va u bizning Respublikamizda ham eng jadal 
rivojlanayotgan bozorlardan biriga aylandi. Uning o`rtacha yillik o`sish darajasi 5-
7% tashkil etadi. Xalqaro konsalting kompaniyalari ma’lumotlariga ko`ra jahon 
savdo biznesida tushumning 40 foizidan ko`prog`i logistik vositachilar zimmasiga 
to’g’ri keladi
93

Chet el adabiyotlarida logistik xizmatlar operatorlarini “provayder” deb 
atash borgan sari odat tusiga aylanmoqda. Bu atama Respublikamiz tajribasiga 
ham joriy etilmoqda. Ayni shu o`rinda, ushbu o`quv materialini to`g`ri 
tushunishingizni ta’minlash maqsadida oydinlik kiritib o`tishimizga to`g`ri keladi. 
Chet tilidan o`zlashtirib olingan so`zni o’zbek tilida, faqatgina uning 
muqobili topilmagan vaqtdagina ishlatish mumkin. Aks holda tilda “tiqilish”lar 
ro`y beradi, u tushunarsiz bo`lib qoladi. Chet tilidan o`zlashgan so`z aniqlikdan 
mahrum bo`ladi va o`zlashtirish jarayonini qiyinlashtiradi. 
Har bir fan o`z tilini yaratishga urinadi (u yoki bu fanning atamashunosligi, 
u yoki bu kasbning o`ziga xos texnik tili) va bu til orqali tegishli ma’lumotlarni 
93
Аникин Б.А., Тяпухин А.П. Коммерческая логистика: Учеб. М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005.-432 с. 


132 
maksimal darajada aniq yetkazib berishga urinadi. Bunday ehtiyoj obyektiv – u 
milliy til rivojlanishiga turtki bo`ladi.
So`z logistikada ham o`ziga xos tashkiliy qurol bo`lib qolmoqda. Bu 
odamlar o`rtasidagi o`zaro aloqaning shunday formasiki, undan u yoki bu g`oya va 
tushunchalarni yuzaga chiqarish, ma’lum qilishga ehtiyoj paydo bo`lgandagina 
ishga solinadi. Tushuncha uni ifodalovchi so`zlarsiz hech nima anglatmaydi. So`z 
bu atrofida o`sha tushunchaning barcha tarkibi, tafsilotlari gurulanuvchi 
mustahkam markaz demak. So`z konservatizmi bu – yangi bilimlarni 
shakllantirishda, o`sha bilimlarni muayyan individuumdan ijtimoiy xotira sohasiga 
ayni yangi bilimlar yaraladigan nuqtaga olib o`tish uchun eng muhim bo`lgan 
sifatdir. 
Odam o`zini o`rab turgan olamni ikki yo`l bilan taniydi – o`z his-tuyg`u 
a’zolari va tafakkur orqali. Shuning uchun ham so`z nafaqat fikrni ishga tushirishi 
va uni to`g`ri ifodalashi, balki, shu birgalikda muayyan hissiyotlarni ham 
uyg`otishga qodir bo`lishi lozim. Bu ulkan sifat aynan ona tilga berilgan. Ona 
tilimiz bir vaqtning o`zida bizning ham tafakkurimiz ham hissiyotlarimizga ta’sir 
o`tkazadi, ya’ni, olamnin anglashning har ikki usulini birlashtiradi. U yangi bilim 
o`zlashtirish asnosida kuch va vaqtni tejashga yordam beradi: uning yordami bilan 
quvvatni saqlash qonuni yanada to`liqroq amalga oshadi. Shuni ham hisobga olish 
lozimki, tilshunoslar va marketologlar yangidan yangi atamalarni o`zlashtirib 
olishda faol bo`lgan ingliz tili informativ tillar turkumiga kiradi.
“Provayder” so`zining o’zbek tiliga olib kirilishini, go`yoki, uning rus tilida 
to`g`ri muqobili yo`q ekanligi bilan izoxlanadi. Bu haqiqatga to`g`ri kelmaydi. 
“Provayder (ing. provider) – ta’minlovchi, tashkilotchi, xizmat (masalan, 
internetdan foydalanish xizmati) taqdim etuvchi shaxs yoki tashkilot”. 
Vositachilarning roli zamonaviy logistikada biroz boshqacha, u nisbatan kengroq. 
U orqali asosiy faoliyat doirasidagi muayyan funksiyalarning amaliy tadbiqi ifoda 
etiladi, bu esa, vositachilik bazasida yangi to`laqonli tadbirkorlik turining paydo 
bo`lishiga asos bo`lib xizmat qiladi. Milliy adabiyotlarda logistik vositachilarni 
yana operatorlar deb ham ataladi. Bu ham o`z asosiga ega. Lotin tilidagi 


133 
“operatsiya” so`zi rus tilida qadimdan beri “iqtisodiy-xo`jalik tadbiri, Tijorat ish, 
aylanma” kabi ma’nolarda qo`llaniladi. Operator ana o`sha amaliyotlarni amalga 
oshiruvchi shaxs. Ularni zodagonlar qarorgohlaridagi boshqaruvchilarga 
tenglashtirilgan. 
Xo`jalik iqtisodiy faoliyatidagi murakkab va ko`pqirrali faoliyatni, kerak 
bo`lsa, uni amalga oshiruvchi subyekti bilan ifodalovchi “vositachi” so`zining 
o`rniga “provayder so`zini olib kirish haqida gap ketgani, aytish mumkin , 
muvaffaqiyatsiz urinish hisoblanadi.
Logistika sohasida turli xildagi xizmatlar taklif etuvchi ixtisoslashgan 
kompaniyalar xorijda va bizning mamlakatda paydo bo`lganiga unchalik uzoq vaqt 
bo`lgani yo`q. “Provayder” atamasini ilk bor logistik vositachini anglatish uchun 
qo`llashmagan, balki kompyuter-axborot texnologiyalar oid xizmatlar, ayniqsa 
internet xizmatlari yetkazib beruvchilarni ifodalangan. Bu kabi vositachilar 
o`rtasida o`z mulkida magistral aloqa kanallariga ega bo`lgan asosiy (magistral) va 
ana o`shalardan aloqa kanallarini ijara olib foydalanuvchi ikkinchi darajali 
(shaharga oid) provayderlarga ajratishgan. Asosiy vositachilar, odatda juda katta 
hajmdagi trafik bilan tijorat qiladilar va indivudual foydalalnuvchilarga xizmat 
qilmaydilar, balki ikkinchi darajalilarga sotadilar. 
Jahon savdo aloqalari tizimsidagi murakkablashuvlar iste’molchilarning 
kompleks logistik xizmatlarga bo`lgan talabi oshganligi ketidan ham bo`ladi. 
Logistik xizmatlar vositachi-firmalarining konsolidatsiya jarayoni davom etmoqda. 
Nisbatan katta vositachi kompaniyalar turli mamlakatlarni qamrab oluvchi aniq bir 
xizmat turi doirasidagi xizmatlar assortimentini kengaytirish imkoniyatlariga 
egalar. Markazlashgan iqtisodiyotga faoliyat hajmidan kelib chiqqan holda ta’sir 
o`tkazadi, bu esa iste’mol taklif qilinajak logisitk xizmat narxini oqlaydi. 
Iste’molchi nuqtai nazaridan, logistik xizmatlar narxini quyidagilar belgilaydi.
94
- Vaqtni iqtisod qilish va buning hisobiga tabiiyki butun logistik jarayon 
davomiyligini qisqartirishga erishish
94
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г 


134 
- tugayotgan resusrslarni asosiy biznes jarayonlarga bog`lash imkoniyati va 
mahsulot aylantirishdagi xatarning bir qismini vositachiga o`tkazish; 
- Ta’minot tizimidagi mahsulotlarni qayta taqsimlab chiqish; 
- Savdo kanallarining tashqi olam bilan hamohanglikda tez va adekvat 
qayta sozlanishligi, mijoz xohishlariga nisbatan tezkor reaksiyalar; 
- Professional vositachilarga nou-xau va ilg’or texnologiyalarni kiritish. 
Tijorat logistika sohasida vositachilik xizmatlari ko`rsatuvchi tashkilotlar 
o`zlari mavjud bo`lgan muddat davomida uzoq evolyutsion yo`lni bosib o`tdilar: 
mijozlarga bir yoki bir nechta xizmat turlarini (odatda bular, omborlashtirish, 
yukni qayta ishlash, ko`chirish va boshqa xizmatlar) taklif qiluvchi 
kompaniyalardan to butun logistik xizmat kompleksini taklif qila oluvchi, shu 
jumladan “korxona-mijoz” ta’minot tizmini integratsiyalashgan boshqaruv 
xizmatini taklif qiluvchi kompaniyagacha. Ular o`z zimmalariga asosiy logistik 
funksiyalarni bajarish vazifasini, buyurtmalarni qayta ishlash, shartnomalar tuzib 
chiqish va imzolash va boshqa hujjat ishlari, yuklarni omborlarga joylashtirish va 
ularni yakuniy iste’molchigacha eltib berishni tashkillashtirishni o’z zimmalariga 
oladilar. Bunday hajimdagi vositachilik tizimsini tuzib chiqish ombor va transport 
infratizimsiga tegishli hajmda sarmoya jalb qilishni, keng spektrdagi yuqori sifatli 
logistik xizmat turlarini taklif qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni 
tayyorlash, murakkab logistik tizim doirasida mijozlarning boshqa kontragentlar 
bilan faoliyatini muvofiqlashtirish kabilarni talab qiladi.
Masalan, 
yarimo`tkazgich 
materiallar 
ishlab 
chiqarish 
sohasiga 
yo`naltirilgan korxonalarda logistik vositachilar bilan mustahkam aloqalar 
o`rnatish ehtiyoji tug`iladi. Bu ularga global miqyosda xom-ashyo jamg`arish va 
tayyor mahsulot yetkazib berish tizimini muvaffaqiyatli boshqarish imkonini 
beradi. Logistik vositachilar yarimo`tgazgich qurilmalar ishlab chiqarish va 
sotishning barcha biznes-jarayonlarida ishtirok etadilar. Ularning xom-ashyo 
keltirishdan tortib tayyor mahsulotni yakuniy iste’molchiga sotishgacha bo`lgan 
faoliyatlari barcha mamlakatlarni qamrab oladi.
95
95
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016


135 
Kompleks logistik xizmatlar uchun talabning oshib borish faktorlari orasida 
quyidagilarni ajratish mumkin: 
- jahon iqtisodiyotida globallashuv; 
- “aniq vaqtga” deb nomlanuvchi ishlab-chiqarish texnikasidan 
foydalanmoq; 
- elektron savdoning rivoji. 
Jahon iqtisodiyotidagi golballashuv tovar aylanmasida kengaysish va 
murakkablashishni yuzaga keltiradi, kuchli mahsulot tarqatuvchi zanjirlar, 
tarmoqlar va kanallar yaralishiga zamin bo`ladi. Bu yuklarning masofaviy 
ko`chirilishi jarayonini ratsionalizatsiyalash ehtiyojini va jamg`arma-sotuv 
kanallari samaradorligini oshiradi. 
Shunday qilib, logistik vositachi-tadbirkorlar – bu ishlab-chiqaruv yoki 
tijoratga ixtisoslashgan korxonalar o`z logistik operatsiyalari yoki funksiyalarini 
bajarishni shartnoma asosida qisman (yoki butunlay) topshiruvchi mustaqil 
kompaniyalardir. 
Bunday mustaqil logistik vositachi kompaniyalar mahsulot aylantirish 
tashkiliy formalarini proyektlashtirish, mijozning ta’minot tizimini mustaqil tuzib 
chiqiluvchi dasturlar asosida muvofiqlashtirishga qodirlar. 
Sifatli 
logistik 
xizmat 
ko`rsatish 
deganda 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarini joriy qilishlik ham nazarda tutiladi. Chunonchi WMS (warehouse 
management system) va TMS (transport management system) formatlari material 
resurslar, texnika, ombor personali va real vaqt rejimidagi transport xizmati 
faoliyatini operativ boshqarilishini ta’minlaydi, saqlash texnologiyalari va yuklarni 
boshqa biznes-jarayonlar bilan integratsiyalashgan tartibda masofaviy ko`chirish 
amaliyotini operativ boshqarishga zamin yaratadi. 
O’zbekiston logistik xizmarlar bozirining asosiy muammosi Respublikamiz 
markaziy shahar va hududlaridagi soha rivojiga doir bo`shliqni to`ldirishdan iborat. 
Butun mamlakat miqyosida sifatli logistik xizmatni joriy qilish (bu esa logistik 
vositachi majburiyatiga kiradi) uchun tegishli tartibda ombor va transport 
infratizimsini yaratishni talab qiladi. Yana boshqa bir qiyinchilik manbai esa 


136 
O’zbekiston sharoitida mijozlarning biznes jarayonlarida ligistik vositachilar 
integratsiyasi masalasidir. Bir qarashda kompleks xizmat ko`rsatuvchi logistik 
vositachi bilan hamkorlik korxona uchun manfaatlidek ko`rinishi mumkin, zero, 
bunda ish yanada profeionalroq tartibda va sifatli amalga oshiriladi. Ammo bu 
iddao har doim ham haqqoniy emas. O`z logistik faoliyatini vositachiga topshirib 
qo`yishlik bilan kompaniya o`z bisnes jarayoning bir qismi ustidan nazoratni 
qo`ldan chiqaradi. Tor ixtisoslashgan vositachilarning kooperatsion faoliyati zarur.
Bunday kooperativ korxonaga logistik funksiyalarni ishonib topshirsa 
bo`ladi. Ammo, agar vositachi barcha logistik funksiyalarni (rejalashtirish, 
transport bilan ta’minlash, ombor xizmati, sotuv oldi tayyorlovni amalga oshirish, 
yuklarni bojxona uchun saralash va boshqa ishlar) unda bu xizmatlar 
buyurtmachisi ta’minot tizimida keraksiz bog`lamga aylanib qolishi turgan gap. U 
yoki bu turdagi logistik funksiyani vositachiga ishonib topshirish borasida qaror 
qabul qilish, albatta, o`zidan keyin ana shu bozor rivojlanish tendensiyalarining 
ayni shu xizmat turiga bo`lgan talab va taklif taxlili, xarajatlar hisobi, foydalar, 
xavflar va personalni ruhlantirish amaliyotlari bo’lishi lozim. 
Tijorat logistika sohasidagi zamonaviy tadbirkorlikning o`ziga xos jihati 
kompleks logistik operatsiyalar va funksiyalarni bajarishga bo`lgan intilishdadir. 
Tizim doirasida birgalikdagi faoliyat doirasida mahsulot oqimiga xizmat qiluvchi 
logistik zanjir integratlari (Supply Chain Integrators) yuzaga kelishi bilan logistik 
vositachilik borgan sari ko`proq xizmatlar “paket”i sifatida baholanmoqda. 
Logistik xizmatlar komplekslni kengayish tendensiyasi kuzatilmoqda
96

Logistik 
xizmatlar 
bozirida 
zahiralarni 
boshqarish 
strategiyasini 
modellashtirish instrumentariyasiga ega bo`lgan vositachilar yuzaga keldi. Ishlab 
chiqaruvchi va tijorat korxonalari ularga birgalikdagi logistik faoliyatni 
integratsiyalashgan tartibda rejalashtirish va mahsulot aylanmasi tizimida 
hamkorlar 
o`rtasidagi 
tashkilotchilik 
masalalarida 
o`zaro 
munosabatlar 
umumiylashtirish masallalarini hal etish singari vazifalarni shartnoma asosida 
96
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г 


137 
topshirmoqda. Bu turdagi logistik vositachilar faoliyati konstanting vazifalarni ham 
o`z ichiga oladi. Ularga nisbatan ba’zan “Yetakchi logistik provayder” yoki “Lead 
Logistic Provider” atamasi qo`llanadi. Logistik xizmatlar bozoridagi bu turdagi 
vositachilikka General Motors corp. va Menio Worldwide CNF Inc. ning 
birgalikdagi faoliyatini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu vositachi GM barcha 
logistik operatsiyalari (yiliga o`rtacha 6 million aylanma)ni boshqaradi, 200 
mamlakatda faoliyat yuritadi, 12,4 ming vositachilar va dilerlar bilan ishlaydi.
Har kuni 82 ming t. hajmdagi moddiy va kemplektlashtiruv, shuningdek, 
ikkinchi darajali bozor uchun zaxira ehtiyot qismlar tushirish hamda 35 ming 
tayyor avtomobillar oqimini qayta ishlaydi. Bu kompaniyaning yillik mablag’ 
aylanmasi 120 million AQSH dollarni tashkil qiladi. Uning tushumlariga GM 
logistik xizmat xarajatlari iqtisodining foiziy qismi sifatida qaraladi. 
Shunday qilib, iqtisodiy oqim tashkiliy formalaridagi murakkablashuvlar 
logistik xizmat spektridagi murakkablashuvlarni keltirib chiqaradi. Yangi mehnat 
taqsimlanuvi sodir bo`ladi. Oqimni tashkillashtirishning yangi darajasiga 
ko`tarilish logistik funksiyalar murakkablashuvini, ularni standartlashtirish 
ehtiyojini, unifikatsiya va sifat ko`rsatkichlarini yaxshilashni taqazo qiladi. 
Logistikada tadbirkorlikka darajali yondashuv iqtisodiy oqim tashkiliy formalari 
murakkabligi, logistik tarmoqning jadal rivoji bilan shartlashtirilgan. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin