ajratib tahlil qilinishni D.Dyurkgeymning ham ilmiy faoliyatida ko‗rish
mumkin. U o‗z ta‘limotini mexanik va organik birdamlikka ajratadi.
Rivojlanmagan va eski jamiyatlarda hukumronlik qiladigan birdamlikni
Dyurkgeym, mexanik birdamlik, deb ataydi.
Mexanik birdamlik – bu, «jamoa turidagi» birdamlik bo‗lib, u bu
jamoadagi individlarning o‗xshashliklari bilan belgilanadi va ular
tomonidan ijtimoiy vazifalar bir xil turda bajariladi. Jamiyatda ijtimoiy
mehnatning taqsimlashishi tufayli individlar maxsus vazifalarini
bajaradilar va bu xislatlar sababli jamiyat jonli organizmni eslatadi. Shu
jamiyatda vujudga kelgan yangi turdagi birdamlikni Dyurkgeym,
organik birdamlik, deb ataydi. Mehnatning taqsimlanishi individlarda
o‗zlariga xos qobiliyatlarning rivojlanishiga omil bo‗ladi. Endi har bir
individlarning o‗zi esa bir-birlariga bog‗liq bo‗ladilar va ular sotsial
munosabatlarning
yagona
tizimi
orqali
birdamlik
tuyg‗ulariga
erishadilar.
Ko‗pgina
g‗arb
olimlari
ijtimoiy
mulkka
asoslangan
kooperasiyaning ser- mahsulligini inkor etib keladilar. Ularning
fikricha, butun jamiyat bilan ishlab chiqarish vositalarini guruhlar mulki
qilib berish kerak. Agar ishlab chiqarish vositalari ijtmoiy mulk
xususiyatiga ega bo‗lsa, «ma‘muriyat» xalqdan ajralib qoladi va shu
sabab tufayli byurokrat boshqaruvchilar tashkiloti vujudga kelishi
mumkin. O‗z-o‗zidan, tabiiyki, bu jarayonlar natijasida ishchilar o‗z
mehnatlaridan mafaatdorlikni his qilmaydilar.
Mazkur taxminlarning aksariyati o‗z isbotlarini topdgan. Ayniqsa,
yarim mustamlakachilik davrida, bizning diyorda soxta birdamlik
asosidagi kooperasiyalashtirish ko‗plab salbiy oqibatlarni keltirib
chiqardi. Mehnatning ijtimoiy taqsimoti va kooperasiya niqobi ostida
hududimiz
xomashyo
yetishtiradigan
respublikaga
aylandi.
Jamiyatimizda tub ma‘nodagi birlashma jarayoni faoliyat ko‗rsatmadi.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlab ko‗rsatganlaridek, ―O‗z-
o‗zini boshqarishning xalqimiz an‘analari va qadriyatlariga juda xos
bo‗lgan usuli — mahallalar tizimi so‗nggi yillarda juda katta nufuzga
ega bo‗lib bormoqda... Eng adolatli muhit, eng adolatli ijtimoiy sharoit,
vaziyat faqat mahallada bo‗lishi mumkin.hech bir korxona, hech bir
davlat idorasi yoki jamoat tashkiloti bu borada mahalla bilan tenglasha
olmaydi»
2
.
Dostları ilə paylaş: