Iqtisodiyotni intensiv ravishda rivojlantirish ijtimoiy-tarkibiy
aloqalarga kuchli ta‘sir etadi. Shuningdek,
ijtimoiy tarkibdagi iqtisodiy
va taqsimot munosabatlarining ijobiy rivojlanishi
mamlakat tabiiy
resurslari, hududiy o‗ziga xos xususiyatlar, siyosiy barqarorlik, millatlar
o‗rtasidagi munosabatlarga ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗ladi.
Mamlakat qishloq xo‗jaligi sohasida band bo‗lgan, qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarini yetishtirayotgan dehqonlar ham ijtimoiy tarkibda sinf
sifatida o‗rin tutadi. O‗zbekistonda aholining 60 foizdan oshig‗i qishloq
joylarida yashaydi. Milliy daromadning 44 foizdai ko‗prog‗i qishloq
xo‗jaligidan olinadi Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz
bo‗yicha mehnatga yaroqli kishilarning 39,3 foizi chorvachilik va
qishloq xo‗jaligining boshqa tarmoqlarida mehnat qiladi. Ba‘zi
tumanlarda bu ko‗rsatkich 80-90 foizni tashkil etdi
3
.
Bulardan ko‗rinib turibdiki, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida
dehqonlar sinfining o‗rni katta.hozirda
mustaqillik sharofati bilan
O‗zbekiston hukumati dehqonlar mavqeini ko‗tarishga alohida e‘tibor
bermoqda. Ularning turmush darajasini oshirishda katta ishlar olib
borilayapti. Uy-joy qurish uchun bepul yer ajratildi Moddiy yordam
ko‗rsatilmoqda. Ekinzor yerlar ijaraga berilmoqda. Fermerlarning soni
ortmoqda. Yetishtirgan qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini shaharga olib
kelib sotish uchun imkoniyatlar yaratildi. Ularning oladigan yillik
daromadlari bir necha bor ortdi.
Dehqonlar sinfi ichida ham tabaqalanish jarayoni tez sur‘atlar bilan
bormoqda. Ularning tarkibida ishbilarmon, tadbirkor fermerlar paydo
bo‗ldi. Ijarachilar guruhi ham borgan sari qishloq xo‗jaligida muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi iqtisodiy munosabatlarning tarkib topishi bilan qishloq
ishchilar sinfi shakllanishiga moddiy zamin tayyorlanmoqda.
Boshqacha
aytganda, qishloqqa sanoat kirib kelmoqda. Bu esa qishloq xo‗jaligida
mavjud ortiqcha ishchi kuchini ish bilan ta‘minlab, tayyor mahsulot
ishlab chiqarishni ko‗paytirmoqda.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlab yozadiki, «O‗zbekiston
iqtisodiyotining bir tomonlama – xomashyoviy yo‗nalishiga qat‘iy
barham berish respublika ichki siyosatining eng muhim strategiyasi
hisoblanadi. Faqat xom ashyo yetishtiruvchi va sotuvchi o‗lka surunkali
nochorlikka giriftor bo‗ladi»
4
.
3
Каримов И.А. «Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1. – Т.: «Ўзбекистон», 1996, 68-
бет.
4
Ўша жойда, 74-бет.
―Dastlabki hisob-kitob shuni ko‗rsatadiki, agar biz respublikada bor
xom ashyo va chala mahsulot ishlab chiqarishni tugal jarayonga
yetkazib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗ysak,
respublikamizda
yalpi
milliy
mahsulot ishlab chiqarishni ikki
barobardan ziyod, milliy daromadni esa taxminan uch barobar
ko‗paytirishimiz mumkin‖
5
.
Jamiyat ijtimoiy tarkibida ziyolilar qatlami ham salmoqli o‗rin
tutadi. Intelligensiya aqliy mehnat mutaxassislari bo‗lib, ijtimoiy-
professional guruhlardan tarkib topmoqda. Jamiyat ijtimoiy tarkibida
intelligensiya aqliy mehnatning jismoniy
mehnatdan ajralib chiqishi
oqibatida shakllandi.hozirda fan, ilmiy texnika taraqqiyotining jadal
borishi
bilan
intelligensiyaning
professional
malakasi
yanada
murakkablashmoqda. Uning tarkibiga ilmiy, ishlab chiqarish-texnik,
madaniyat, ma‘rifat, tibbiyot-harbiy va boshqaruv apparati xodimlari
kirib keldi.
Ziyolilar tarkibini yana shahar va qishloq, ijtimoiy bandlik sohalari
bo‗yicha (ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohasida) mehnatning
ijodiy xarakteri darajasi bilan, malaka va boshqa jihatlari bilan farqlash
mumkin.
Sobiq sovet davrida ziyolilar son jihatidan ortdi-yu,
ammo uning
sifat darajasi ancha past bo‗lib qolaverdi. Chunki ziyolilar qatlami,
avvalam bor, mehnat xarakteri bilan belgilanadi, O‗tgan davrda oliy
ma‘lumot olgan qanchadan-qancha kishilar hozirda ishchi bo‗lib yoki
tijorat va boshqa sohalarda ishlamoqdalar. Ular ziyolilar tarkibiga
kirmaydi.
Sotsiologiyada milliy munosabatlar iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy-
mafkuraviy munosabatlardagi o‗zaro uzviy aloqadorlik nazarda tutilgan
holda konkret etnik muhit doirasida, ijtimoiy jamoalardagi, oiladagi,
hududiy tartibdagi munosabatlar doirasida olib qarab o‗rganiladi.
Shuningdek, millatlararo munosabatlarning jamiyat ijtimoiy hayotiga
ta‘siri va ularning ijtimoiy oqibatlari tadqiq etilmoqda.
Sobiq Ittifoq davrida muayyan iqtisodiy-siyosiy
va ideologik rejim
asosida ushlab turilgan, boshqarilgan milliy munosabatlar endilikda
asta-sekin tiklanmoqda. Shu jihatdan, O‗zbekistonning ko‗p millatli
davlat bo‗lganligini e‘tiborda tutgan holda, unda istiqomat qilayotgan
millatlar va xalqlarning ijtimoiy turmushi, o‗zaro aloqasi va shu kabi
munosabatlarni sotsiologik tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega.
5
Каримов И.А. «Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура». Т.1. – Т.: «Ўзбекистон», 1996,
117-бет.
Yaqin o‗tmishimizda sodir bo‗lgan Farg‗ona, Andijon, O‗zgan
voqealari qayta takrorlanmasligi uchun O‗zbekistonda bundan keyin
ham millatlararo hamdo‗stlikni rivojlantirish, o‗zaro ahil, bir oila bo‗lib
yashash talab etiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov
boshchiligidagi
O‗zbekiston hukumatining asosiy maqsadi ham Markaziy Osiyo
hududida har qanday milliy nizolarning oldini olishdan ibo rat.
Sotsiologiya doirasida ham ijtimoiy-etnik munosabatlar ilmiy
tahlilga muhtoj bo‗ladi. Ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik
jihatlarini tadqiq qilish muhimdir. Shuning uchun ham bu masalalar
Sotsiologiya, Etnopsixologiya" va boshqa ijtimoiy, gumanitar fan
sohalarida keng o‗rganilishi shart.
Dostları ilə paylaş: