31
Tavsifli tadqiqotda ob’ektiv mavjud bo‘lgan, biroq amaliyot uchun hali
ochilmagan, to‘liq darajada o‘rganilmagan birlamchi
manbalar hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Ushbu manbalar nihoyatda turli-tuman bo‘lib, individual
yondashuvni, ularning muhimligi,
ishonchligi, to‘g‘riligini har tomonlama
baholashni talab qiladi. Birlamchi manbalar bilan ishlash materiallarni har
tomonlama tahlil qilishni, ularni shakli va mazmuni bo‘yicha qiyosiy o‘rganishni,
o‘rganilayotgan ob’ektning rivojlanish qonuniyatlarini
umumlashtirish va
aniqlashni ko‘zda tutadi.
Tavsiflar amaliy vaziyatning negizini tashkil qilishi, vaziyatlarga tarkibiy
qism yoki qayta ishlashdan so‘ng tavsifga qo‘shiluvchi dalilga asoslangan material
sifatida kirishi mumkin.
Vaziyatni tuzish, vaziyat tahlili natijalari bo‘yicha
tadqiqotni davom ettirish
va h.k. uchun zaruriy dalilga asoslangan materialni olish uchun eksperimentlar
olib borilishi mumkin.
Eksperiment usuli
ilmiy tadqiqot usuli sifatida 300 yildan ham avvalroq
ma’lum bo‘lgan. Ushbu usul uzoq rivojlanish yo‘lini –
dastlabki tajribalardan
boshlab hozirgi yuqori rivojlangan tajriba o‘tkazish texnikasigacha bo‘lgan yo‘lni
bosib o‘tdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy eksperiment o‘tkazish muammmolariga bag‘ishlangan
adabiyotlarda eksperiment turlicha ta’riflanadi: u ob’ektni tadqiq qilish bo‘lib,
uning jarayonida biz, bizni qiziqtiruvchi hodisalarni namoyon bo‘lishi va
o‘lchanishi uchun zaruriy va etarli bo‘lgan sharoitlarni yaratamiz (A.P. Kupriyan);
ob’ektning faoliyat ko‘rsatkichlari hamda xulqining, unga ayrim boshqariluvchi va
nazorat qilinuvchi omillarning ta’sir ko‘rsatishi natijasida miqdor va sifat jihatdan
o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotni olish usuli.
Ijtimoiy-iqtisodiy eksperiment o‘tkazishning asosiy belgilari quyidagilardan
iborat:
1) xo‘jalik tizimiga yoki uning bir qismiga (quyi tizimiga) aralashuv;
32
2) nisbatan izolyasiya qilingan eksperimental
omilni rejali kiritish, uning
juz’iy o‘zgarishi;
3) barcha ustunlikka ega muhim omillarni rejali nazorat qilish;
4) qaram o‘zgaruvchilarning o‘zgarish samaralarini tobe bo‘lmagan
o‘zgaruvchilarning (eksperimental omilning) ta’siri bilan bog‘lash.
Ba’zan eksperiment deganda, boshqaruv tizimi
faoliyatini yaxshilashga
qaratilgan hamda maqsadga muvofiqligi ayon bo‘lgan choralarning muayyan
to‘plami xato tushuniladi. Bunday turdagi “eksperimentlar” ko‘pincha taxminan,
etarli asoslarsiz, metodik savodsizlik bilan amalga oshiriladi.
Eksperiment – bu batafsil yangilik kiritish hisoblanadi. Uning maqsadi –
yangilikni joriy etish yoki ma’lum bir o‘zgartishlar,
cheklovlar bilan muayyan
sharoitlarni hisobga olgan holda yoyish uchun qabul qilish imkoniyati to‘g‘risidagi
qarorni qabul qilish uchun har tomonlama dalillar keltirishdir. Aynan shunday
qaror eksperimentning natijasi hisoblanadi. Eksperimentni faqat uning natijasida
sinalayotgan yangilikni tarqatmaslikka qaror qilinganligi
sababli omadsiz deb
hisoblash to‘g‘ri emas: salbiy natija ham ahamiyatga ega, chunki ko‘zda tutilgan
variantlardan birini asosli ravishda rad etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy eksperimentlarning har xil turlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: