36
holatlar o‘lchanadi. Barcha holatlarda natijalarni solishtirish eksperiment
samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy eksperimentni o‘tkazishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan yana bir
umumilmiy talab uni tashkil qilishga taalluqli. Tabiiy fanlarda tadqiqot
apparatining uning ob’ekti va muhitiga ko‘rsatadigan buzg‘unchi ta’siri yaxshi
ma’lum. Ijtimoiy tadqiqotlarda ham shunday samaralar qayd etilgan bo‘lib, bu
“toza natijalarni” olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador.
Muammo, ijtimoiy tadqiqot nazariyasi va metodikasida odatda, faqat
psixologik to‘siqni engib o‘tishga, buning ustiga asosan kichik guruhlarda engib
o‘tishga bog‘lanar edi. Masalan, eksperiment qatnashchilari u o‘tkazilayotganligini
bilmasligi toza eksperimentni o‘tkazish sharti bo‘lib hisoblanar edi: eksperiment
qatnashchilarining o‘z holatini “o‘ziga xos” deb anglashi nazorat qilib
bo‘lmaydigan, boshqarib bo‘lmaydigan eksperimental o‘zgaruvchiga aylanishi va
natijalarni buzilishiga olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy eksperimentni o‘tkazishda eksperimental vaziyatni yaratish,
ob’ektni uning atrofidagi muhitdan puxta “ajratib qo‘yishni” talab qiladi. Bu
ko‘pincha, sinovdan o‘tkazilayotgan g‘oya namoyish bo‘lish imkoniyatiga ega
bo‘lishi uchun bevosita imtiyozlarni taqdim etishni anglatadi. Albatta, buning
ketidan korxona faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining qo‘shimcha o‘sishi ro‘y
beradi. Lekin, bu, eksperiment yakunlanganda eksperiment metodikasiga tegishli
tobe nazorat qilinuvchi o‘zgaruvchini kiritish orqali haqiqiy natijani imtiyozlar
ta’sirida kelib chiqqan natijadan ajratish zaruratini ham anglatadi. U masalan,
eksperimental ob’ektning reaktivligi (tashqi ta’sirga javob berish qobiliyati) deb
belgilanishi va ikkita parametr:
psixologik reaksiya
va
ikkinchi darajali
qo‘shimcha o‘sish
bo‘yicha o‘lchanishi mumkin. SHunda natijani “tozalash” avval
boshidanoq dasturlashtirilgan bo‘ladi.
Intuitiv qidiruv tadqiqotda tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: