Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 
 
Yo‘ldoshev N.Q. Rashidov J.X. 
 
 
 
 
“MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi tomonidan oliy 
ta’lim muassasalari 5А230201-«Menejment» (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
 
magistratura mutaxassisligi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan 
 
 
Toshkent – 2020 



Yo‘ldoshev N.Q. Rashidov J.X. “Menejmentning tadqiqot usullari” 
(Darslik)-T.: TDIU 2020. 163 bet. 
 
Darslik 
5А230201-«Menejment» (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 
magistratura mutaxassisligi talabalariga mo‘ljallangan. Darslikda boshqaruvni 
rivojlantirishda tadqiqotlarning o‘rni, menejment tadqiqotlarida umumilmiy va 
rasmiy-mantiqiy usullar, boshqaruv vaziyatlarini tadqiq etish metodologiyasi, 
menejmentda aniq (maxsus) tadqiqot usullari,
 
menejmentda tadqiqotlarni 
rejalashtirish va tashkil etish hamda menejmentda tadqiqotlarning samaradorligi
masalalari yoritilgan.
 
 
Taqrizchilar:
A.Q.Tulaboev -TIQXMMI “Menejment” kafedrasi mudiri, PhD
D.T.Yusupova -Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Menejment» 
kafedrasi dotsenti, i.f.n.
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish
 
Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmini shakllanishi, korxonalar va 
tashkilotlar faoliyatini boshqarishning prinsipial jihatdan yangi vazifalarini hal 
etishni talab qiluvchi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy o‘zgartirishlarni 
asoslab berdi. Boshqaruvning diqqat markaziga o‘zgarib borayotgan tashqi 
muhitda korxonaning moslashuv va o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonlari 
qo‘yilmoqda. Bunda, boshqaruv jarayonining o‘z xarakteri o‘zgarmoqda. U 
tobora ko‘proq ijodiy, kreativ xarakterga ega bo‘lmoqda. Mazkur sharoitlarda 
korxona faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish uning faoliyatini chuqur 
bilishga asoslangan bo‘lishi zarurki, bu boshqaruv jarayoni va tizimini har 
tomonlama tadqiq etishni taqozo qiladi. Tadqiqot menejmentning muhim tarkibiy 
qismini ifodalaydi. Chunki tadqiqotlarni amalga oshirmasdan korxonani samarali 
boshqarib bo‘lmaydi. Boshqaruv tizimlarini tadqiq etish – boshqaruvni, doimiy 
ravishda o‘zgarib turuvchi tashqi va ichki sharoitlarga muvofiq rivojlantirish va 
takomillashtirishga qaratilgan faoliyat turidir. 
Boshqaruv tizimlarini tadqiq etish – zamonaviy menejmentning eng dolzarb 
hamda istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqotlar avval ham tayanch 
tushunchalardan biri va biznes natijalarini aniqlagan bo‘lsada, menejmentda 
boshqaruv tizimining rivojlanish va takomillashish dinamikasini tadqiq etish – 
yangi hodisadir. 
Zamonaviy menejmentda tadqiqot muvaffaqiyatning bosh omili, ilmiy tilda 
ifodalanganda esa – boshqaruv samaradorligini oshirishning bosh omili bo‘lib 
hisoblanadi. 
Tadqiqotlar qaerda zaxiralar mavjudligini va rivojlanishga nima to‘sqinlik 
qilayotganini, nimadan xavfsirash va nimani qo‘llab-quvvatlash zarurligini 
ko‘rish imkonini beradi. 
“Menejmentning tadqiqot usullari” fanini o‘rganish maqsadlari –boshqaruv 
tizimini tadqiq etish sohasidagi nazariy va amaliy ko‘nikmalarni taqdim etish, 
talabada va tinglovchida ijodiy qobiliyatlarni, istiqbolli fikrlashni, tadqiqotchilik 



faoliyatiga qiziqishni uyg‘otish va rivojlantirish, boshqaruvga ilmiy va novatorlik 
yondashuvini motivatsiyalash, shuningdek boshqaruvni amaliy tadqiq etish, 
kelajakni oldindan ko‘ra bilish va anglashga tayangan holda mavjud vaziyatlarni 
tahlil qilish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarni berishdan iboratdir. 
Ishlab chiqarish va jamiyatning, texnologiya va insonning o‘z rivojlanish 
xususiyatlari va shart-sharoitlarini aks ettiruvchi zamonaviy boshqaruv yana va 
yana tobora ko‘proq darajada tadqiqot yondashuviga ehtiyoj sezmoqda. Bunday 
yondashuvni qo‘llash boshqaruvning dinamik va istiqbolli bo‘lishiga, uning 
innovatsion salohiyatining o‘sishiga va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda kasb 
mahoratining oshishiga, boshqaruvning ilmiy bo‘lishiga ko‘maklashadi. 
Boshqaruvni rivojlantirish jarayonlarida yangi realliklar va yangi ehtiyojlar 
vujudga kelmoqdaki, ular muayyan tarzda boshqaruv mazmunida ham aks 
etmoqda. 
Bugungi 
kunda 
tadqiqot 
funksiyasi 
boshqaruvning 
asosiy 
funksiyalaridan biriga aylanmoqda. U boshqaruvning o‘sib borayotgan 
dinamikligi va diversifikatsiya 
qilinishining oqibati, inqirozga qarshi 
boshqaruvning, boshqaruvda kasbiy mahoratning o‘rni va ahamiyatini 
oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. 
Zamonaviy boshqaruvda tadqiqotchilik faoliyati menejer ish vaqtining va 
kuchining kamida 30 foizini tashkil qilishi kerak. Agar u muvaffaqiyatga erishsa, 
u nima uchun bunga erishganligini va buni qanday qilib mustahkamlash 
mumkinligini tushunishi zarur. Agar uning qarorlari omad keltirmasa, 
omadsizlikning asl sabablarini ko‘ra olishi lozim. U buni tushunishi, nafaqat 
intuitiv, balki tadqiqotning ilmiy apparati yordamida asosli tarzda ko‘ra olishi 
zarur. 
Kelgusida iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida korxonalarda 
tadqiqotchilik faoliyatining ulushi o‘sib boraveradi. Bugungi kunda boshqaruvda 
oddiy echimlar mavjud emas, boshqaruv sharoitlari qiyinlashib ketmoqda, inson 
o‘zining ijtimoiy-psixologik tavsiflarida murakkablashib bormoqda. Hozirgi 
vaqtda faqat tajriba va intuitsiyaga (ichki sezgiga), sog‘lom fikr yoki rasman 



o‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda qarorlar qabul qilish imkonsiz. Inson 
faoliyatining samaradorligiga oid vaziyatlarni, muammolarni, shart-sharoitlarni, 
omillarni tadqiq qilish zarur, echimlar variantlarining o‘sib borayotgan turli-
tumanligi va soni orasidan ularning asoslangan tanlovini amalga oshirish kerak.
Har bir firma doimiy rivojlanishda bo‘ladi. Uning rivoji – bu bir-birining 
ortidan keluvchi ko‘plab muammolar bo‘lib, ularni hal qilish va hal qilganda ham 
o‘z vaqtida hal qilish zarur. Ko‘pchilik vaziyatlar va muammolar to‘satdan paydo 
bo‘ladi, keskin namoyon bo‘ladi va o‘ylab o‘tirishga vaqt qoldirmaydi. Ularni o‘z 
vaqtida hal qilmaslik yoki umuman hal qilmaslik inqirozga, balki hatto halokatga 
ham olib kelishi mumkin. Zamonaviy boshqaruvda oldindan ko‘ra bilish, 
bashorat qilish tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda joriy 
hodisalarning kelajagini faqat ichki sezgiga yoki oddiy ekstrapolyasiyaga 
asoslanib bashorat qilish umuman aqlga sig‘maydi. Davr shunday, iqtisodiyot 
rivojlanishining umumiy tendensiyalari shunday tavsiflanmoqda. Kelajakni, faqat 
hozirgi zamonning barcha, kichik va katta tendensiyalarini yaqqol his etish va 
chuqur tushunishga tayangan holda ko‘ra olish mumkin. Tadqiqotsiz omadli va 
ishonchli 
prognozlarga 
erishib 
bo‘lmaydi. Boshqaruvni tadqiq etish 
boshqaruvning o‘ziga tadqiqotchilik ruhini beradi, va demak, uni samarali, 
barqaror, yashashga qodir, istalgan o‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘lishiga ham 
olib keladi. 
Tadqiqot – bu nafaqat zamonaviy menejmentning funksiyasi, balki butun 
boshqaruv 
tizimining 
faoliyat 
yuritish 
uslubi, 
xodimlar 
faoliyatini 
tashkillashtirishning muayyan turkumidir. 
Zamonaviy menejer an’anaviy ma’nodagi ilmiy xodim bo‘lishi kerak emas, 
lekin u tadqiqotchilik faoliyatining asosiy usullarini egallagan bo‘lishi va uni 
boshqaruv samaradorligini oshirishning yangi omillarini izlashda tashkil qila 
olishi kerak. 
Shunday qilib, hozirgi kunda tadqiqot boshqaruvning asosiy funksiyalaridan 
biri sifatida, boshqaruvga, boshqaruv qarorlarining sifatini ta’minlovchi 



yondashuv sifatida, va boshqaruvni takomillashtirish vositasi (kasbiy bilimdonlik, 
innovatsionlik, motivatsiyalash va boshqalar) sifatida yuzaga chiqadi. 
Boshqaruvni tadqiq qilish kasbiy tafakkurni rivojlantirishning ijobiy 
tendensiyasini aks ettiradi. Ijodkorliksiz kasbiy bilimdonlik bo‘lishi mumkin 
emas, tadqiqotsiz ijodkorlik bo‘lishi mumkin emas, tadqiqotning o‘zi esa uning 
yo‘llari, usullari, yondashuvlarini o‘zlashtirishsiz bo‘lishi mumkin emas. 
Tadqiqotning asosiy komponentlari – maqsadlar va vazifalarning qo‘yilishi; 
mavjud axborotning, hal qilish sharoitlari va usullarining dastlabki tahlili; 
boshlang‘ich gipotezalarni ifodalash, eksperimentlarni rejalashtirish va 
tashkillashtirish, eksperimentlarni o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish va 
umumlashtirish; olingan dalillar asosida boshlang‘ich gipotezalarni tekshirish va 
yangi dalillar va qonunlarni yakuniy ifodalash, tushuntirishlarni yoki ilmiy 
bashoratlarni olish – bugungi kunda nafaqat nazariy fan uchun, balki boshqaruv 
amaliyoti uchun ham dolzarb hisoblanadi. 
Tadqiqotlar tahlilni o‘z ichiga oladi, biroq bu bilan cheklanib qolmaydi. 
Tadqiqot o‘zida inson ijodkorligining ancha yuqori darajasini ifodalaydi. Turli 
faoliyat sohalarida kasbiy bilimdonlikning rivojlanishi tadqiqotni ushbu faoliyat 
amaliy samaradorligining qonuniy va tabiiy elementi sifatida tushunishga 
etaklaydi. 
Darslikda 
boshqaruv jarayonida uchraydigan muammo va vaziyatlarni 
anglash, paydo bo‘lishini aniqlash, ularning xususiyatlari va mazmunini ochib 
berish, eng maqbul hal qilish yo‘llari va vositalari yoritilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin