79
va konvergensiya pritsiplaridan ketma-ket foydalanish asosida samaradorlikka
erishish mumkin.
Divergensiya
–
bu tadqiqot predmeti chegaralarini kengaytirish bo‘lib, u etarli
darajadagi samarali echimni qidirish makonini ta’minlash uchun zarurdir.
Tadqiqot maqsadlari barqarorsiz yoki noaniq bo‘lganda divergensiyadan
foydalanish eng ko‘p samara beradi. Ehtimoliy echimlarning istalgan variantlari –
zid, muammoga taalluqli bo‘lmagan, yiroq, noaniq variantlari ko‘rib chiqish uchun
qabul qilinadi – bu esa qidiruv maydonini kengaytiradi.
Divergensiya – bu g‘oyalar, yondashuvlar, tadqiqot yo‘nalishlarini tekshirish,
paradigmalar va sanoq boshlarni qidirishdir. Bu
erda muammo mohiyatini aks
ettiruvchi masalalarning qo‘yilishi eng katta ahamiyat kasb etadi.
Divergensiyaning bevosita natijasi bo‘lib, muammoning eng to‘g‘ri qo‘yilishi,
uni echish yondashuvlari va maqsadlarini, shuningdek echim variantlarini baholash
shkalasini aniqlash hisoblanadi. Divergensiyadan foydalanish vaziyatning o‘zini
shakllantirish, axborotni saralash, tadqiqot maqsadlarini aniqlashtirish imkonini
beradi.
Transformatsiyalash
–
bu muammoni o‘zgartirish
va uni keyingi tadqiqotlar
va u bilan amaliy ishlash uchun eng maqbul, madqiqot ehtiyojlari va maqsadlariga
eng yuqori darajada javob beruvchi ko‘rinishda taqdim etish, muammoni
tadqiqotchilik vazifalarining mazmuni va xususiyatlarini
aks ettiruvchi ravshan
sxema
ko‘rinishida
taqdim
etishdir.
Transformatsiyalash,
muammoni
dekompozitsiya qilish, uni echish vositalarini aniqlash, tadqiqotni o‘tkazishda
ishlatiladigan tayanch tushunchalarni ta’riflashni o‘z ichiga oladi.
Transformatsiyalash prinsiplari – tasniflash, siljitish, cheklovlar, o‘zaro ta’sir
ko‘rsatish, muammo tuzilishini aniqlashtirish,
morfologik tahlil, tabaqalashtirish
mezonlarini tanlash.
Konvergensiya qilish
–
bu tadqiqot maqsadiga erishilganlikni tavsiflovchi
yakuniy echim topilgunga qadar muqobil va ikkinchi darajali muammolarni ketma-
ket hal qilish.
80
Konvergensiya qilishning xususiyati – qat’iy mantiqiy tanlov metodikalaridan
foydalanish,
noaniqlikni bartaraf qilish, o‘rnatilgan mezonlar bo‘yicha
muqobilliklarni istichno qilish. Konvergensiya qilish – bu boshqaruv qarorlarini
aniqlashtirish va detallashtirish, qidiruv maydonini qisqartirishdir.
Dostları ilə paylaş: