‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

bilan avval
salomlashib. keyin so‘z boshlash;
• ota-onaga mehrlilik;
• nafaqat yoshi ulug‘lami, balki o‘zidan kichiklami ham 
samimiy izzat qilish;
• boshqa millat bolalarini ham xuddi o‘zidan millatparvar 
bilib, hurmat bilan e’zozlovchi, ulaming milliy madaniyatiga 
samimiy qiziqish;
• nohaqlik va axloqsizlikni ko‘rsa xoh katta, xoh kichikni 
noto‘g‘ri ishlardan qaytarib, insofga chaqira olish;
' Farhangi zaboni-tochfldy (Az asri X to ibtidoi asri XX). 2 child. 1 child. Sovetskaya 
aitsiklopedjya. - М.: 1969.-689 b.
240


• jamoat transportida o‘zidan katta va kichikka izzat 
ko‘rsatish;
• o‘zi mansub jamoa muammolariga tegishli yig‘ilish, majlis, 
xayriyalarda faollik;
• yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi narsalarni yo‘ldan olib 
qo‘yish; qanoatlilik; xalqlar, millatlar orasidagi fitna-fasod, 
jaholatga qarshi turish;
• umummilliy jipslikni hamshaharlik, mahalliychilikdan 
ustun qo‘ya olish;
• o‘zining tabiatga, jamiyatga, o‘ziga bo‘lgan munosabatlami 
“yaxshi niyaf”, “yaxshi so‘z”, “yaxshi ish” asosiga qura olish, 
tavozelilik, ochiq chehralik;
• inson umri, vaqtini qadrlash;
• gunoh, xato qilsa, kechirim so‘ray olish;
• o‘zining yetti pushti tarixini muiassal aytib bera olish;
• barcha qarindoshlarining yaqinlik darajalari va nomlarini 
bilish va ularga mehrini namoyish qilish;
• sinfdoshi, o‘rtog‘i oilasida noxush voqea sodir bo‘lganida, 
bemor bo‘lganida albatta borib, hol-ahvol so‘rash;
• tanishlari, do'stlari, notanish bolalar arazlashganda ulami 
yarashtirishga harakat qilish;
• birovning shodligidan shodlanish, qayg‘usiga hamdard, 
sherikligini bildira olish;
• (o‘g‘il bolalar uchun) qiz bolalami har tomonlama nozik deb 
e’zozlash, ularga o‘z hurmatini amalda namoyon qilish;
• (qiz bolalar uchun) o4g‘il bolalami g‘ururli, mard, shijoatli 
deb bilish, ularga o‘z hurmatini bildirish;
• aka va opani ota-ona. kabi izzat qilish;
• bir marta ko‘rishgan kishining ismini so‘rab qo‘yish va esda 
saqlash;
• vafot etgan yoki o‘zi shu yerda yo‘q kishi haqqiga g‘iybat va 
tuhmatdan xazar qilish;
• Unga ishongan kishining sirini saqlay olish;
• “Yomon” deb nom chiqargan bolalardan o‘zini tuta olish;
241


• yaxshi kishilarga havas va taqlid qilish;
• birovning aybiga kulmaslik, yuziga solmaslik;
• kek saqlamaslik;
• badavlat kiyingan bola qarshisida o'zini xor tutmaslik, 
kambag'al kiyingan bola oldida kekkaymaslik;
• o‘g‘il boiib qizlaming, qiz bo‘lib osg‘illaming kiyimini 
kiymaslik;
• milliy axloq va sharoitga xilof xatti-harakatlardan tiyilish;
• o‘ziga topshirilgan ishni oliy darajada bajarishni ilohiy 
e’tiqod darajasida tushunuvchi;
• sinab va o‘rtaga Allohni qo‘yib do‘st boiish, millat, vatan 
manfaatlariga zid harakat qilgan do‘stidan kecha olish, ota-onasi 
lozim ко‘rib bergan ovqat, kiyim-boshga qanoat qilish;
• balog'atga yetgach, g‘usl qilish;
• nonni ilohiy darajada e’zozlash;
• oaa tilida sof fikrlash, so‘zlash;
• uyat, xarom so‘zlarni hech qachon, hech qayerda, hatto 
urishgan paytida ham tiliga keltirmaslik, kattalarning ijobiy-axloq 
namunalarini diqqat bilan kuzatish va asta-sekin o‘z xatti- 
harakatlarida namoyon qila borish;
• har bir jiddiy ishni ota-ona bilan maslahatlashgan holda 
boshlash, o‘z tarixi haqida allomalari, xizmatlari haqida, 
minnatdorlik bilan hikoya qilib bera olish;
• milliy madaniy yodgorliklar tarixini yaxshi bilish va ulami 
asrashga xizmat qilish;
• savdo-sotiq, bozor munosabatlarida insofli, chaqqon, 
jur’atli bo'lish;
• milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirish, ijtimoiy- 
siyosiy voqeaiarga tarixiy nuqtayi-nazardan turib mustaqil 
munosabat bildira olish;
• kitobxonlik; barvaqt uyquga yotib, barvaqt uyg‘ onish;
• sabrli, andishalilik;
• o‘z kelajagiga taalluqli masalalar bo‘yicha mustaqil, yoshiga 
mos fikr yurita olish va h.k.
242


Axloqiy tarbiyaning eng ta' sirchan vositalaridan biri hadisdir. 
Chunonchi, Qur’oni karim oyatlari mazmuni, Payg‘ambarimiz 
Muhammad alayhissalom Hadislari, sharq allomalari va faylasuf- 
larining kitoblari tarbiyamizning manbai boiib xizmat qilgan.
Islomiy tarbiya musulmonlar hayotming barcha qirralarini, 
hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan. U go‘daklarni emizish- 
dan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, 
ko‘cha-ko‘yda, kattalar qoshida o‘zini qanday tutish lozimligming 
barcha jihatlarini o‘z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob 
farzandlaming halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchan, katta- 
lami, ayhiqsa, ota-onani hurmatlash ruhida tarbiyalanishni shart 
qilib qo‘ygan.
Payg‘ambar alayhissalom Hadislarida: ‘ ‘Farzandlaringizxii 
izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini ham yaxshilanglar!” 
“Hech bir ota o£z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera 
olmaydi”, deyilgan.
Yana bir Hadisda esa: “Mo‘min kishiga berilgan narsalaming 
eng yaxshisi chiroyli xulqdir”, deyilgani bejiz emas. Bobokalon- 
larimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar 
va o ‘z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali 
bo‘lishi uchun kurashganlar.
Yoshlami tarbiyalashda “Mening bo lam”, “Sening bolaag” deb 
ajratishmagan. Tarbiya berish hammaning vijdoniy burchi, deb 
qaralgan. Payg‘ambar alayhissalom Hadislarida yana shunday 
deyilgan:
Masalan: Munofiqlikning belgisi 3 tadir
1) Yolg‘on so‘zlash
2) Va’daning ustidan chiqmaslik
3) Omonatga hiyonat qilish
Tangri nazarida eng yaxshi gap-rost gapdir. Yana xadislarda, 
halokatga olib boruvchi 7 xil gunohdan saqlaning deyilgan:
1. Tangri ga shak keltirmaslik
2. Sehr ishlari bilan shug‘ullanmoq
3. В irovni nohaq о ‘ ldirmoq
4. Sudxo‘rlik
243


5. Yetimiar molini yemoqlik
6. Vatan mudofaasi uchun bo‘layotgan urushdan qochmoq
7. Erli, mo‘mina, iffatli ayollami fohisha deb haqoratlamoq.
Umuman Sharq xalqlarida odob-axloq, izzat-hurmat, xayo-
andisha uning insoniylik qiyofasini belgilovchi asosiy omildir.
Bu haqida rus pedagogi N.Krupskaya shunday deydi: “0 ‘zi- 
dan kattalami hurmat qilishni Sharq, xalqlaridan o‘rganish kerak” .
Darhaqiqat, Sharq xalqlarining ibrat bo‘larli ahloqiy fazilatlari 
benihoyat ko‘pdir. Musulmonlarda ayollarga bepisandlik bilan 
qaraladi degan bid’atlar bor, holbuki, hadisda onalami ulug‘lovchi 
hadislar son-sanoqsiz.
Masalan: Jannat onalar oyog'i ostidadir.
Ota ona birdan chaqirganda, aw al onaga 3-marta “labbay” deb 
javob berib, so'ng otaga javob berish kerak.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin