Kadrlar tayyorlash
m illiy modeli - shaxs, davlat va jamiyat,
uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlaming
o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida
“yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlami tayyorlash Milliy tizimi” mohiyatini aks
ettiruvchi andoza, loyiha Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan
iborat.
Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti,
ta’lim sohasidagi xizmatlaming iste’molchisi va ulami amalga
oshiruvchi;
Davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi fao
liyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi
kadrlami tayyorlash va ulami qabul qilib olishning kafillari.
Uzluksiz ta ’lim -
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash-
ning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim
standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning
faoliyat ko£rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan
foydalamivchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab
chiqaruvchi;
Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek,
ulaming tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan
talablami belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash
tiVimini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’mini ash
jarayonining faol ishtirokchisi.
Yo‘l (ruscha - priyom) - biror maqsadni amalga oshirish uchun
tanlangan harakat turi.
K asb-hunar kolleji - о‘quvchilaming kasb-hunarga moyilligi,
bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantimvchi, tanlab olingan
498
kasb-huiiar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini
yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta
maxsus, kasb-hunax ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega
ta’lim muassasasi.