yuy» nomli to'plam da («Suhbat va muhokama») bayon etiladi.
Asarda
ulug'zodalik, aslzodalik, zadogonlik pozitsiyasi himoya qilinadi: bu
ta ’limot quldorlik tuzumini
himoya qilib, «tabiiy huquq» qoidasini ilgari
suradi. «Tabiiy huquq» ta’limotining mazmuni shuki, butun olamni Xudo
yaratadi, biroq и ijtimoiy hayotga aralashmaydi,
odamlar hayoti tabiiy
qonunlar bilan rivojlanadi, tabiiy qonunlarni aql bilan idrok etib olinadi
va fuqarolik hayoti ana shu qonunlar asosida himoya qilinadi. Asar markazida
podshohni, qariyalarni, amaldorlarni
cheksiz hurm at qilish, ularga itoat
etish, boyliklami tekis taqsimlash, barchaning o‘z vazifalarini sidqidildan
bajarishi, qishloq xo'jalik ishlarini yaxshi bajarish, soliqlarni to ‘lab borish
kabi qoidalar ilgari surilgan. Ushbu ta’limot bo'yicha jamiyatdagi mulklar
ikki turga bo'linadi: «buyuk jam oa mulki»-dehqonlar jamoasi
mulki va
xususiy mulk, quldorlar mulki. Bu ta ’limot Xitoyda uzoq yillar amal
qildi va hozir ham uning asoratlari saqlangan.
Legistlar-
konfutsiychilik ta’limotiga muholifat sifatida chiqqan iqtisodiy
ta’limot. Legistlarning yirik vakili Sham Yan bo‘lib (er. av. IV asr), uning
ta’limoti «Sham viloyati hukmdori» kitobida bayon etilgan. Asarda qishloq
xo'jaligiga, xususan, g‘allachilikka ustuvorlik berilib, g‘alla masalasi bosh
masala deyiladi. Kitobda davlatning rivojlanishi ikki manbaga suyanadi:
don ishlab chiqarish va urushlar olib borish (yangi yerlar bosib olish),
unda don miqdoriga bog‘liq holda soliq tizimi taklif etilgan;
ishyoqmas,
qonunni buzuvchi kishilarni «yerga qaytarish», dehqonchilik bilan
shug'ullanishga majbur etish tavsiya etilgan.
Daotsizm-
konfutsiychilik ta’limotiga qarama-qarshi bo‘lgan reaksionroq
iqtisodiy ta ’limot. Unga ko‘ra, insoniyat
ibtidoiy davrga qaytishi, yangi
m ehnat qurollaridan foydalanmasligi,
oddiy hayot kechirishi, qonunlarni
ko'paytirmaslik lozim. Aslida bu ta’limot Xitoyda konfutsiychilikdan qaytish
edi.
Dostları ilə paylaş: