kasb-korni egallab, o ‘z rizqini terib yeyishlari bandalarning burchlari
ekanligi to‘g‘risidagi da’vatni biz «Qur’oni karim»ning «Baqara» surasining
3, 22, 25, 33, 57, «Nahl» surasining 11, 12, 114, «Qasos» surasining
76, 77, «Ankabut» surasining 17, 62, «Sajda» surasining 27, «Yosin»
surasining 34, 35, «Va-ssaffot»surasining 41-44, «Sod» surasining 50
51, «Zumar» surasining 21-oyatlarida ham ko‘ramiz. Alloh taolo o ‘z
kalomida bandalarini o ‘zi bergan ne’matlariga shukur qilib,
toat-ibodat
qilishga, bu n e’matlardan to ‘g‘ri foydalanishga chaqiradi. Allohga iymon
keltirish, undan qo‘rqish insonni yaxshi, xayrli ishlarga yo‘naltiradi. U
iqtisodga adolat, omonat, halollik m a’nolarini berib, ochko‘zlik, harom
va adolatsizUklardan chetlatadi. D em ak, iymonli odam dangasalik,
ishyoqmaslik qilmasdan, g‘ayratli bo'lishi, biror kasb-hunam i egallab,
halol m ehnat qiJishi kerak.
Insonning mehnati, sa’y-harakati faqat dunyo n e’matlaridan ko‘proq
bahram and b o ‘lishi uchungina emas, balki oxiratdagi hisob-kitob uchun
zarurdir.
Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam marhamat qilib
aytadilarki, «
Alloh taolo o ‘z bandalari ichida g ‘ayratlisini yoqtiradi».
Hadisi
shariflardan birida:
«Ey Parvardigor, men sendan, g ‘am-tashvishdan,
xafalikdan, ojizlikdan, dangasalikdan, baxillikdan, q o ‘rqoqlikdan,
qarzdorlikdan va xorlikdan panoh tilayman\»
deyilgan.
Insoniyat bosib o‘tgan uzundan-uzoq yo‘l mehnat jarayonidan iboratdir.
Shu boisdan kishilar m ehnatni qadrlashlari, ulug‘lashlari,
yoshlarni
m ehnatsevarlik ruhida tarbiyalashlari kerak. Zero, Payg‘ambarimiz
M uham m ad sallallohu alayhi vasallam o ‘z hadislaridan birida:
«Odam-
laming уaxshisi odamlarga manfaat keltirganlaridir»,
deb bejiz aytmaganlar.
«Qur’oni karim»da ham bu borada alohida ta’kidlanadi.
Dostları ilə paylaş: