Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

Milliy valyuta. 
Mirzo Ulug‘bek mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqaroriik 
bo‘lishining muhim omili pul muomalasini tartibga solish deb bildi. Buning 
uchun mamlakat o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lishi va uni o ‘z hududida zarb 
etishi zarur. Bu bir tomondan, mustaqil moliya siyosati yuritishga, ikkinchi 
tomondan-moliyaviy mablag‘larni tejashga imkoniyat yaratadi.
Xizmatga yarasha taqdirlash. 
Alisher Navoiy olim va davlat arbobi 
sifatida taqsimot masalalariga jiddiy e’tibor qaratgan. U har kimga xizmatiga 
yarasha haq berish lozim. M ana shunda u «ona sutidek halol bo‘ladi» deb 
bildi. Demak, mehnatiga yarasha taqdirlash, rag‘batlantirish Alisher Navoiy 
nazarida nafaqat adolatli ish, shu bilan birga, odamlarning iqtisodiy tarbiyasi 
masalasi hamdir. Zero, har bir xodim faqat o ‘z qilgan mehnati evaziga 
yashash ko‘nikmalariga o ‘rgansin.
Savdogar faqat o ‘z foydasini ko‘zlamasin. 
Buyuk tariximizning m a’lum 
davrlarida savdo ishlari iqtisodiy rivojlanish uchun muhim omil bo‘lgan, 
savdogarlar faoliyati xazinani boyitishda yetakchi ahamiyat kasb etgan. Mana 
shu nuqtayi nazardan Alisher Navoiy aytadiki, savdogar yolg‘iz foydani 
niyat qilmasin. Faqat foyda deb ishlamasin, soliqlardan daromadni 
yashirmasin, behuda m ol-dunyo jam g ‘arm asin. Bu g ‘oya bugungi 
savdogarlarimiz uchun ham bag'oyat ahamiyatlidir.
«Наг bir ishdan foyda ko‘rsang bajar 
>. Alisher Navoiy odamlami kasb- 
hunarli, tejamkor va tadbirkor bo‘lishga da’vat etish bilan birga qilinadigan 
har bir ishdan manfaat, foyda bo‘lishini ko‘zlab harakat qilish lozimligini 
uqtiradi. U biror ishga kirishganda mashaqqatini oldindan ko‘ra bilish, 
«qiyinchilikdan erinmaslik chorasini ko‘rish»ga chaqiradi. U isrofgarchilik
o‘rinsiz saxiylik, halol molni sovurish eng yomon xislatlar, deydi, hatto 
bunday bo‘lishni «devonalik» deb baholaydi.

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin