Ibn Xaldun ikki narsaning o ‘zaro bir-biri bilan
almashinuvida nima,
qanday iqtisodiy asos yotishini tushunishga harakat qiladi. Uning qarashiga
ko‘ra, qiymat ijtimoiy mehnatning namoyon bo‘lishi yoki ifodalanishidir,
uningsiz qishloq xo‘jaligi ham hunarmandchilik ham amal qilmaydi.
Sharq mutafakkiri Ibn Xaldun qiymat to ‘g‘risidagi o ‘z qarashlarini
G ‘arb iqtisodchilaridan 300-400 yil
avval ilgari surgan edi, Biroq, keyin-
chalik Sharqdagi iqtisod ilmiga e’tiborsizlik, olim qarashlarining jahon
miqyosida tarqalishi va uning qiymat nazariyasi bo‘yicha asoschi bo‘lib
tanilishiga ta’sir etdi.
Mulkchilik va mulkdorlik haqida
Ibn Xaldun iqtisodiy ta’limotida mulkchilik munosabati va odamlarning
mulkdor bo‘lish masalasi alohida mavzudir.
Uning fikricha, inson shunda
kamolotga erishadiki, agar uning timsolida ishlab chiqaruvchilik faoliyati
bilan mulkdor bo‘lishlik mushtaraklik kasb etsa.
«Mulkdor bo‘lish insonning eng muqaddas huquqi, - deydi u, -
insoniyat jamiyatining vujudga kelishi ham odamlarning mulkdor bo‘lishiga
intilishlaridandir». Demak, mulkdor bo‘lish, xususiy mulkka egalik qilish
insonning qonuniy, obyektiv va huquqiy zaruratidir.
Shuning uchun davlat
munosabatlari nafaqat boshqarishga, balki ulami boshqarishni tartibga
solib turishga majburdir.
Agar Ibn Xaldunning mulkdorlik, xususiy mulkchilik haqidagi qarash-
lariga bugungi sivilizatsiya nuqtayi
nazaridan qarab tahlil etilsa, iqtisodiy
erkinlik inson uchun yot narsa emas, uni mulkdorlik huquqidan mahrum
etuvchi siyosiy kuchlargina bu umuminsoniy haqiqatni inkor etganlar va
hatto uni paymol etishgani ayon bo‘ladi. Inson huquqlari Deklaratsiyasida,
barcha demokratik davlatlar konstitutsiyalarida qayd etilgan odamlarning "
xususiy mulkdorlik huquqi haqidagi qoidalar Ibn Xaldun ta’limoti asosida
qonunlashtirilgan deyishimiz mumkin. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston
Konstitutsiyasida, Prezidentimiz I. Karimovning
asarlarida odamlarni
mulkdor qilmay turib iqtisodiy va siyosiy islohotlar o ‘z maqsadiga erisha
olmasligi to ‘g‘risidagi xulosalar ulug‘ bobokalonimiz, Sharq iqtisodi
ilmining dahosi Ibn Xaldun qarashlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: