Bobur ham mamlakatlar, xalqlar o ‘rtasida halol savdo-sotiq hamkorlik,
tinchlik, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun kurashganlar.
«Boburnoma»da asar muallifining o ‘zi tug'ilib o ‘sgan yurt, Vatani,
uning tabiiy, iqtisodiy, m a’naviy resurslari, ajoyib mehnatkash, yaratuvchi
xaiqi to‘g‘risida to‘lqinlanib yozgan satrlarini hayajonsiz o‘qish qiyin. Mana
uning jonajon Andijoni haqidagi fikri: «... Farg‘ona viloyatining poytaxtidur.
Oshligi vofur, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lar. Qovun
mahalida
poliz boshida qovun sotmoq, rasm em as...1»; Qobul haqida:
«Hindiston bila Xurosonga vosita bu viloyatdur. Biser yaxshi savodxondir.
Savdogarlar Xitoyga va Rumga borsalar, ushmuncha — o‘q savdo qi]g‘aylar...
Quyi Hindistondir, o ‘n -o ‘n besh-yigirma ming uyluq, karvon Qobulga
kelur... Xuroson va Iraq, Rum va Chin matoi Qobulda topilur... Nayshakami
kelturub, ekturub edim. Chilg‘o ‘zani Nijrovdin keltururlar2». Yoki
Samarqand to ‘g‘risida shunday yozadi: «Samarqand shahri ajab orasta
shahardur, bu shaharda bir xususiyat borkim, o ‘zga kam shaharda andoq
bo‘lg‘ay. H ar xirfagarning
bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut
emastur, tovar rasmedur. Xo‘p nonvoliqlari va oshpazliklari bordur. Olamda
yaxshi qog‘oz Sam arqanddan chiqar. Juvozi qog'ozlar suyi tom om
Konigildin keladur...3»
Yuqoridagi fikrlaming ahamiyatli tomoni shundaki, birinchidan, ularda
iqtisodiy fikrlar, qarashlar ifodalangan b o ‘lsa, ikkinchidan, ularda
Boburning yaratuvchilik, ishlab chiqarishga qiziqishlari bayon etilgandir.
Moddiy ne’matlaming uzoq-uzoqlarga yetib borishi va m ashhur bo‘lib
ketishi o ‘sha davr iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining natijasi bo‘lsa, boshqa
tom ondan, ular savdogarlarning olijanob xizmatlari tufaylidir. «Bobur-
noma»da bir yurt mollarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi,
aholi ehtiyojlarining qondirilishi va ulaming ahamiyati maroq bilan hikoya
qilinadi.
Bobur savdo-sotiqning xalqlar o ‘rtasidagi
bebaho ahamiyatini juda
chuqur tushunar edi. Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‘llarda
talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga
shaxsan o ‘zi ham qat’iy qarshi chiqadi. Bunga misol qilib quyidagi so‘zlami
keltirish mumkin: «Kalotga yetganda, qalin Hinduston savdogarikim,
Kabotga savdo qilgali kelgan ekandurlar, qocha olmadilar, cherik eli alar
ustiga — o‘q yetib bordi. Aksar birin bo‘ldilarkim shundoq yog‘iylik mahalida
1 Zahriddin M uhammad Bobur.
Boburnoma, Т., 1989, 5—6 —betlar
2
O'sha asar, 117 —118 —betlar.
’ О ‘sha asar, 46 — bet.
74
yog‘iy viloyatiga kelatug‘onlarni talamoq kerak, men rozi bo‘lmadim,
savdogarlarning ne gunohi bor...1 ».
O'zgalar mulkiga hiyonat qilmaslik, ularning mulkini muqaddas bilish,
el-yurt farovonligi yo‘lida tinib-tinchimay ishlayotgan odamlami qadrlash,
ulami himoya qilish kabi umumbashariy qadriyatlar Boburga bobosi Amir
Temurdan meros b o ‘lib kelgan. Otasining ana shunday olijanob xislatini
eslab quyidagilarni yozgan edi: «Adolatla shu martabada edikim, Xitoy
karvoni kelaturg‘onda, Andijonning sharqiy tarafidagi tog‘laming tubida
ming uylik karvonni qor bostikim, ikki kishi kuturdi. Xabar topib
muxassillar yiborib, karvonning jam i’ jihotini zabt qildi.
Har chandonkim,
vorisi hozir yo‘q edi, bovujudi ehtiyot saqlab, bir-ikki yildan so‘ngra
Samarqand va Xurosondan vorislarini tilab kelturib, mollarini solim
topshirdi2».
Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o ‘rganish, uning iqtisodiyotga oid
qarashlarini tadqiq etish navbatdagi dolzarb vazifalardan biridir. Biz
yuqorida keltirgan fikrlar ushbu ezgu ishdagi dastlabki harakat mahsulidir.
«Qur’oni karim» va islom shariati qoidalari asosida soliq haqida ta’limot—
Islomdagi farzlardan biri — zakotdir. U soliq m a’nosida qo‘llaniladi. Zakot
pul va savdo yig'imi turlarida to ‘langan. Bobur g‘oyat adolatli, insonparvar
inson bo‘lganligidan uning soliq haqidagi qarashlari ham umuminsoniyat
qadriyatlarini aks ettirgan. U soliqni hisoblash uchun soliq mavzusining
«hisobi»ni
hisoblash, ya’ni mol-mulkning soliq solishga layoqatli miqdorini
aniqlash zarur, deb bilgan. Soliq hosilga, ya’ni olinayotgan daromadga
qarab belgilangan.
Bobur iqtisodiy ta’limotida «xiroj», ya’ni yer solig‘i masalasi alohida
o ‘rin tutadi. U yer solig‘ini ikki toifaga bo‘ladi, ya’ni «muqassam va
muvazzar».
Dostları ilə paylaş: