Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

birinchidan, 
savdo, bozor, tijorat, muomala 
jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb 
etadi. Zero, ular tovarlar takchilligini tugatishga xizmat qiladi. 
Ikkinchidan,
savdo davlat budjeti darom adining m anbayi, m am lakat iqtisodiy 
qudratining tayanchlaridan biridir, zero, savdogarlar davlat xazinasiga 
boj-xiroj to ‘lab turish bilan moliyaviy m unosabatlarda m uhim rol 
o ‘ynaydilar. 
Uchinchidan, 
allomamiz savdogarlarni insofga, diyonatga 
chaqiradi, ulardan faqat o ‘z foydasini ko‘zlab ish tutmaslikni talab qiladi.
M a’lumki, mazkur davrda (hatto eng taraqqiy etgan mamlakatlarda 
ham) asosiy ishlab chiqaruvchi kuch dehqonlar bo'lgan, jamiyatning 
iqtisodiy ahvoli, kelajak taraqqiyoti, odamlar farovonligi ham ulaiga bog‘liq 
bo'lgan. Alisher Navoiy o‘z daxosi bilan dehqonlarning moddiy n e’matlar 
yaratuvchi asosiy kuch ekanini, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taqdiri 
ularga bog‘liq ekanini ko‘ra bildi. U yozdiki, «Olamning obodonligi 
dehqondan, m ehnat tut shodon, ular shodon». «Dehqon qanday ekin 
ekishga qilsa harakat — elga ham oziq-ovqat yetkazar, ham barakat1»
Keltirilgan fikrlardan, Alisher Navoiy moddiy n e’mat yaratuvchi 
boshqa kishilar guruhini (hunarmandlar, mayda tovar ishlab chiqaruv- 
chilar), ularning iqtisodiy aham iyatini kamsitgan, degan fikr kelib 
chiqmaydi. Alisher Navoiyning mashhur «Farhod va Shirin» dostonida 
hunarning, hunarm andchilikning katta iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati 
ko‘rsatib berilgan.
Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida qiymat kategoriyasi 
ham m a’lum m a’noda o ‘z ifodasini topgan. Albatta, mazkur asarda bu 
murakkab iqtisodiy tushuncha (qiymatning ta ’rifi berilgan) to ‘la holda 
ilmiy asoslab berilmagan. Alisher Navoiyning qiymat haqidagi fikri chinni 
idish misolida (o‘sha davrlarda chinni idish tayyorlash g‘oyat og‘ir, ko‘p 
m ehnat talab qiluvchi hunar b o ‘lgan) shunday ta ’riflanadi: «Chinni 
idishning — uni tayyorlashdagi qiyinchiligiga yarashligi bilandir; uni 
asrashda ham qiymatga ahamiyat beriladi. Qiymati oz narsaning — hurmati 
oz2». Bu yerda biz uchun aham iyatli bir xulosa shuki, xali G ‘arb 
adabiyotlarida qiymat tushunchasi uchramagan bir davrda Alisher Navoiy 
qiymatning miqdoriy jihatini tushunib yetdi va uni o ‘z asarida ta’rifladi.
Alisher Navoiv iqtisodiyotning muhim jihati bo‘lgan mulk masalasiea 
e’tibomi qaratadi. U mulkni to ‘g‘ri tasarruf etish, resurslar, iqtisodiy
1 O 'sha asar, 36- bet
2 O'sha asar, 7 - 8 - bet
72


shart-sharoitlardan unumli foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik 
kerak, deydi. Ana shunda odamlar to ‘q va farovon yashashlari mumkinligi 
haqidagi iqtisodiy qarashni ilgari suradi. «Isrof qilish saxiylik emas, o ‘rinsiz 
sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona, 
deydilar, yorug1 joyda sham yoqqanni aqldan begona, 

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin