Mehnat va mehnat taqsimoti haqida
Ibn Xaldun tarixni odamlarning o ‘zlari yaratadi, ulaming harakati
va manfaatlarini ro ‘yobga chiqarish jarayonida tarix yuzaga keladi degan
fikrdan
kelib chiqib, odamlarning mehnat faoliyatlari va bu jarayonda
ularning bir-birlariga hamkorligi, ko‘maklashuvi masalasiga katta e ’tibor
berdi. Uning fikriga ko‘ra, odamlarning ishlab chiqarish faoliyati jamiyat
ning yashash va rivojlanish shartidir, bu esa ularning moddiy ehtiyojlaridan
kelib chiqadi. Biroq ehtiyojlami alohida ajralgan holda qondirish hech
kimning qo‘lidan kelmaydi, uning ehtiyojini
faqat boshqalar bilan
birgalikda ishlash, m ehnat turlarini qobiliyatlariga qarab bo‘lishib olib,
ishlash asosidagina qondirish mumkin. Demak, odamlarning hayotiy
ehtiyojlari birgalikdagi harakatlari bilangina qondiriladi.
Ibn Xaldun tabiiy-jo‘g‘rofiy muhit odamlar hayotiga, ulaming yashash
tarziga, iqtisodiy faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishini aytib, biroq u kishilik
jamiyati taraqqiyotini ta ’minlovchi bosh omil bo‘la olmasligini uqtirgan.
Bunday bosh omil odamlarning m ehnat taqsimoti asosida uyushtirilgan
iqtisodiy faoliyat bo'lishi mumkin. Biroq, odamlar bir-birlari bilan yashash
sharoitlarini, vositalarini yaratish maqsadidagina bog‘lanadilar, o ‘zaro
yordamlashadilar.
U
industrial, ya’ni m ehnatni tashkil etishning shahar shaklini yuqori
baholaydi, uni ishlab chiqarishni rivojlantirishning oliy bosqichi deb
ataydi. Chunki shahar ishlab chiqarish sharoitida moddiy va m a’naviy
ne’m atlam i yaratish usullari takomillashadi, inson esa ijtimoiy ravnaq
topishning yuqoriroq pog‘onasiga ko‘tariladi, shahar hayot tarzi hunar
mandchilik rivojlanishiga hamda uning keng tarqalishiga asos bo'ladi. Shulaiga
asoslanib,
olim qayd etadiki, m ehnat qurollarining ishlab chiqarilishi va
ijtimoiy m ehnat taqsim oti, tabiiy ravishda m ahsulot almashinuvini
kengaytiradi. Almashuv jarayonida esa iste’mol rivojlanadi, odamlar ongi,
tafakkuri o ‘sadi va daromadlar asosida yashash tarzi shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: