tutadi. U shu maqsadda pul zarb qiluvchi korxona qurdirdi. Pul birliklarining
nomini ana shu korxona joylashgan shahar — Buxoro xalq atamasi bilan
atashni lozim topdi (masalan,
donaki adliya, nildonaki adliya, dudonaki
adliya kabi). Pul birligining vazni pul qiymatiga qarab 2, 3—8, 6 gramrn
og‘irlikda belgilangan. Bunday iqtisodiy tadbir mamlakatda tovar-pul
m unosabatlarining
rivojlanishiga, xalqaro savdo ravnaqiga, milliy
mulkning barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi.
3. Alisher Navoiyning iqtisodiy dahosi
0 ‘zbek xalqining m a’naviy merosida, uning madaniyati xalqaro miqyos
kasb etishida mutafakkir shoir Alisher Navoiyning o ‘mi,
uning xizmatlari
beqiyosdir. Hozirga qadar xalqimiz, xususan, yoshlarimiz uni she’riyat
mulkining sultoni deb tanib keldilar. Biroq Alisher Navoiyning ilmiy
merosi shu qadar boy va keng qirraligi, unda
iqtisodiyot masalalariga
doir ko‘pgina qim m atli g‘oyalar ham o ‘z ifodasini topgan. Buyuk
mutafakkirimizning iqtisodiy qarashlari uning bir umrlik kitobi bo'lgan
«Mahbub ul-qulub» («Qalb sevgilisi») asarida bayon qilingan.
U asarda taqsimot munosabatlariga, ularning adolatli tashkil etilishiga
e ’tiborni qaratdi, xususan, xizmatga yarasha taqdirlash (haq to ‘lash)
masalasi uning diqqat markazida turdi. U yasovul misolida shunday deydi:
«Agar u xizmatiga yarasha haq olishi xayolida bo‘lsa, u ota merosi va ona
suti kabi haloldir1».
Bu yerda Alisher N avoiy ikkita iqtisodiy g'oyani ilgari suradi:
birinchidan, mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq taqdirlanish fikri
bo‘lsa, ikkinchidan, mehnatiga yarasha haq olish «ona sutidek halol» ekanligi
haqidagi fikr uqtirilgan. «Mahbub ul-qulub» asarida Alisher Navoiy
jamiyatning
boyishida savdo-sotiq, tijorat ishlari muhim rol o ‘ynashi
haqidagi iqtisodiy g'oyani markantilistlardan bir asr ilgariyoq asoslab
bergan. «Savdogar, — deb yozadi buyuk allomamiz, — yolg'iz foydani
niyat qilmasligi, savdo qilib foyda topaman, deb ortiqcha kema so‘rmasligi,
mol va pul ko‘paytiraman, deb jonsarak bo'lmasligi kerak». «Savdogar
boj-xiroj berish o ‘miga o ‘z molini
yashirib, o ‘z obro‘sini to ‘kmasa yoki
topgan-tutganini merosxo‘rlari sotib-sovurishi uchun to ‘plab qo‘ymasa
yoki biror yomon hodisani ko‘zlash uchun sarflamasa, jamg'armasa yaxshi
bo'ladi2».
1 Mahbub u l-q u lu b » , 1., 1983, 2 1 - b e t
2 O 'sha asar 33 —bet
71
Asarda bayon etilgan yuqoridagi iqtisodiy fikrlardan quyidagi iqtisodiy
xulosalarga kelish mumkin:
Dostları ilə paylaş: