taqsimot tizimi bo‘lgandagina ishlab chiqarish yaxshi natijalar beradi.
Abu Ali ibn Sino ehtiyojlar va ularni qondirish haqida.
Ehtiyojlarni
qondirishning muhim ijtimoiy jihati-bu odamlar o'rtasida hamkorlik va
aloqalar o'matishdir. Chunki har bir odam qanchalik qobiliyatli bo‘lmasin
hatto o ‘z ehtiyojini ham qondirishga yetarli ne’matlar yarata olmaydi.
Demak, ijtimoiy ehtiyojlarni mehnat taasimoti asosida ishni tashkil etish
orqali qondirilishi mumkin. Bunda davlatning o ‘rni g‘oyat muhimdir. U
adolatli qonunlar orqali odamlarni ijtimoiy hayot va m ehnatda o ‘z
o ‘rinlarini topib olishlarini ta’minlaydi.
Pul muomalasini tartibga solish.
Tarixan tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishi tufayli pulga (oltin va kumush pullarga) talabning ortib ketishi
qalbaki pullaming (tarkibida qiymati past metallaming ko‘payib ketishi)
muomalaga chiqarilishiga olib kelgan. Bunday holat iqtisodiyotni
izdan
chiqarishga, odam lar turmush ahvolini yomonlashtirishga olib keladi.
Ana shu vaziyatni bartaraf qilish vositasi pullar tarkibidagi qimmatbaho
metallar salmog‘ini aniq belgilab berish lozim. Buyuk olim Beruniy besh
yil davomida ana shunday apparat yaratdi va pul muomalasidagi inqirozni
bartaraf etdi.
«Qutadg‘u bilig»-
Buyuk allomamiz Yusuf Xos Hojibning ulkan tarbi-
yaviy m a’naviy, badiiy va iqtisodiy tafakkur manbayi bo'lgan asari. Asarda
mehnatga to ‘g‘ri va adolatli haq to ‘lash,
odamlar m ehnatini taqdirlash,
m ehnatkashning qadriga yetish, moddiy manfaatdorlik,
kasb-hunar
egallash masalalari o ‘z ifodasini topgan.
U nda yoziladiki, inson hayvon
tengi emas, ana shuni bilib unga amal qilinsagina barcha ish ko‘ngildagidek
bitadi va ishdan samara chiqadi. Demak, tekis taqsimot yaroqsizdir,
faqat
mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimot tashkil etish jamiyatda
tartib bo‘lishiga olib keladi. Kitobda davlatning (davlat boshlig‘ining) bu
boradagi vazifalari aniqlashtirilib berilgan.
Xiroj-iqtisodiyot subyektlaridan, odamlar daromadidan davlat hisobiga
olinadigan majburiy to ‘lov, tushum. Xiroj ham m a zam onlarda ham
davlatning iqtisodiy tayanchi va qudrati bo‘lib
kelgan N izom -ul-m ulk
ning «Siyosatnoma» asarida xirojning (soliq) m e’yorlari belgilab beriladi.
Soliqlar shunday b o ‘lishi kerakki, ular odamlaiga malol kelmasligi, azob-
uqubat yetkazmasligi, soliq to ‘lash qobiliyatidan kelib chiqishi, nochorlar
soliqqa tortilmasligi lozim. U nda yoziladiki, soliqlar adolatsiz b o ‘lganda,
odam lar o ‘z uy-joylarini ham sotib, Vatanlarini tashlab sarsonlik va
g‘ariblikka mubtalo bo‘ladilar. Faqat adolatli soliqlargina iqtisodiy ravnaqqa
olib keladi.
66