«chetdan koriz qazib, suv keltirish, qishlog‘-u dalalar obodonligi uchun
katta ariqlar qazish, qal’alar qurish, shaharlar barpo etish, zebo binolar-u
keng ko‘chalar, rabotlar qurdirish lozim» deb yozadi1.
Asarda aholidan xiroi olishning yo‘l-yo‘riqlari bayon etilgan. Soliqlar
odamlarga malol kelmaydigan bo‘lishi, ularga azob-uqubat yetkazmasligi,
soliq to ‘lash imkoniyati yo‘qlarni majbur qilinmaslik kabi qoidalar taklif
etiladi. Kitobda yoziladiki, «Xirojni ham u (soliq yig‘uvchi-muall.) shunday
yo‘l bilan talab qilsinki, odamlarga ziyon yetmasin. Soliq o ‘z vaqtidan
oldin olinsa, raiyatga ranj-u azob yetadi, ular majburlikdan mol-davlatlami
yarim bahoda sotib, uy-joylarini tashlab, ovora va sarsonlikda g‘ariblikka
mubtalo bo'ladilar2». Boshqacha aytganda, soliq solish va undirish ishini
odamiylashtirish (gumanizm ruhi) lozimligi uqtiriladi. Davlatning mana
bunday soliq siyosati podshohga, oqibatda el-yurtga naqadar foydali
ekanligi bir necha hikoyatlar (tarixiy voqealiklar) misolida ishonarli qilib
tushuntiriladi.
Asar muallifi bozorlardagi oldi-sotdi ishlarini tartibga solish haqida
ham tavsiyaberadi. Zero, bozorda tartib o‘matilsa mamlakatda osoyishtalik
qaror topadi. Buning uchun «har bir shaharda tarozi va narxlami tartibga
soladigan, oldi-sotdi ishlarini biladigan eng olim va dono kishilardan
muxtasib qo‘yishi kerak. Va atrofdan olib kelib sotiladigan har bir molni
bozorda sotish uchun va haridorlami aldamaslik uchun ular ustidan nazorat
bo‘lishi shart. Tarozi toshlarini to ‘g‘ri tutib amri m a’ruf va nahyi munkar
qilishlari lozim3».
Asarda xizmatchilarga maosh berish tartibi haqida ham tavsiya berilgan.
Masalan, davlat mol-mulkini muhofaza qiluvchi ashroflik lavozimidagi
xizmatchilar «o‘z martabasi va bilimlariga ko‘ra maosh olishlari zarur.
U larning oylik harajat va maoshlarini raiyat hisobidan emas, balki
xazinadan berilishi kerak. Shunda xalq boshiga ranj-u azob tushmaydi...4»
deb ta ’kidlanadi. Bu yerda biz ikkita tamoyilni ko‘ramiz:
Dostları ilə paylaş: