kelishining ikkita sababi borligini — yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi
va yerga xo'jalik yuritish obyekti sifatidagi monopoliyadan kelib chiqib
absolyut va differensial rentalar haqidagi qarashlarga oydinlik kiritdi. U
agrar masalaga doir qarashlarida mayda dehqon xo‘jaliklari barqarorligi
haqidagi
konsepsiyani tanqid qilib, yerni milliylashtirishning iqtisodiy-
ijtimoiy afzalligini asoslab chiqdi.
Lenin o‘zining «Imperializm-kapitalizmning yuqori bosqichi» asarida
kapitalizm o‘z taraqqiyotida monopolistik bosqichga o'sib chiqajagini, bu
bosqichda iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning
ham m a jabhalarida
monopoliyalar hukmronlik qilishi natijada erkin raqobat barham topishi,
bu oqibatda jamiyatning inqirozga yuz to‘tishini bildirishi, endi u o‘zidan
ko'ra ilg'orroq ijtimoiy tuzumga moddiy zamin tayyorlashi sotsializmning
arafasiga aylanishi haqidagi g'oyalarni ilgari surdi.
Leninning bir qancha asarlarida sotsialistik jamiyatning nazariyasi va
uni barpo etishning amaliy yo'llarini ishlab chiqildi. U Rossiyadagi
sotsialistik inqilobning (1917) amalga oshirishning tashkilotchisi va rahbari,
birinchi proletar hukumatining raisi darajasida faoliyat ko‘rsatdi. U
sotsializmga o ‘tish davri ko‘p ukladli bo‘lishi, ishlab chiqarish vositalarida
umumxalq va kooperativ mulkchilik xarakteri bo‘lishi, jamiyatning bir
markazdan, rejalashtirish asosida boshqarilishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti
va m ehnatni tashkil etishning
sotsializmga xos usullari, m ehnat
unumdorligini joriy etish kabi qator masalalarda o‘z
qarashlarini bayon
etadi.
Dostları ilə paylaş: