Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

«Anti-Dyuring». 
Marksizm ta’limotining asoschilaridan biri, Marks­
ning do‘sti va safdoshi F. Engelsning asosiy asari. Unda marksizm 
ta’limotining har uchchala tarkibiy qismlari haqida fikrlar, qarashlar 
bildirilgan. Bu asarda siyosiy iqtisodning tor va keng ma’nolardagi ta’riflari 
berilgan. F. Engels marksizm ta’limotining ishlab chiqilishi va targ‘ib 
etilishida katta xizmat qilgan. U marksizmda birinchi bo‘Iib iqtisodiy 
qarashlami ilgari surgan edi. Uning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» 
nomli asari ilk iqtisodiy asardir.
121


«Kapital»—
kapitalistik jamiyatning asosiy iqtisodiy kategoriyasidir. 
«Kapital», Marks ta’biri bilan aytilganda, qo‘shimcha qiymat yaratish 
uchun avanslangan, doimo harakatda, aylanishda bo‘lgan, o‘z-o‘zidan 
ko‘payib boruvchi, qiymat yaratish va qiymatning o'sishiga manba bo'lib 
xizmat qiladigan qiymatdir. Marks kapitalni ikki jihatdan bo‘linishini 
ko‘rsatgan: aylanish xarakteriga ko‘ra asosiy va aylanma kapitaldan
qo‘shimcha qiymat keltirishga qarab doimiy va o'zgaruvchi kapitaldan 
iboratdir.
Takror ishlab chiqarish. 
Marks takror ishlab chiqarishning zarurligini, 
uning mohiyatini, shakllarini, xususan, takror ishlab chiqarishning 
kapitalistik ijtimoiy shakllarini ko‘rsatgan. Takror ishlab chiqarishning 
umumiqtisodiy m a’nosi shuki, odamlar jamiyat ehtiyojlarini qondirish
ya’ni ulami iste’moli doimiy ravishda takror va takror bo'lib turishi tufayli, 
ishlab chiqarishning takrorlanishi, yangilanishi xarakteriga ega. Umumiy 
iqtisodiy jarayon sifatida u oddiy takror ishlab chiqarish va kengaytirilgan 
(qo‘shimcha mahsulot yaratiladi) shakllaridan iborat, ya’ni ijtimoiy 
mahsulotni bir xil miqdorda ishlab chiqaraverish va uni ko‘paytirib, 
yaratish jarayonidan iborat bo‘ladi. Tabiiyki, K. Marks bu jarayonni 
kapitalistik tuzum nuqtayi nazaridan o ‘rganadi va uni oddiy kapitalistik 
takror ishlab chiqarish va kengaytirilgan (qo‘shimcha qiymat yaratadigan) 
kapitalistik takror ishlab chiqarish ko‘rinishlarida bo‘lishini ta ’riflagan.
Ish haqi. 
Marksizm ta’limotiga ko‘ra, ish haqi yollanma ishchining 
ish kuchi qiymatining puldagi ifodasidir. Ishchi yaratgan zaruriy 
mahsulotning kapitalistik ijtimoiy shaklidir. Marks ta’biri bo‘yicha, bu 
tuzumda ish haqi har doim zaruriy mahsulotdan miqdoran kam bo‘ladi. 
Buning sababi, deb u ish kuchiga talabning uning taklifidan doimo ortiqcha 
bo'lishini ko‘rsatadi. Bundan u ishchilar sinfi qashshoqlashib boradi
degan xulosa chiqargan. Biroq bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatlar 
taraqqiyoti ko‘rsatdiki, Marks xulosalari ilmiy va amaliy jihatdan noto‘g‘ri 
bo‘lib chiqdi.
122



Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin