2) ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonidagi obyektiv inqirozlarni
inkor etish;
3) bozor munosabatlarining iqtisodiy qonunlari harakatini ruhiy
subyektivlik asnosida tushuntirish;
4) iqtisodiy munosabatlar tahlilini alohida olingan xo‘jalik asnosida
o ‘rganib, undan umumiy xulosalar chiqarishga urinish.
Biroq, e’tirof etish kerakki, bu ta ’limot m a’lum tarixiy davrda
kapitalistik bozor munosabatlarining rivojlanishiga nazariy asos bo‘ldi,
zero u bozomi ideallashtirgan edi. Siyosiy iqtisod faniga bir qancha iqtisodiy
kategoriyalar, tushunchalar, iqtisodiy tahlilning
yangicha uslubiyatini
(ommaviy xo‘jalik munosabatlarini emas, ayrim, alohida olingan xo‘jalik
tahlili «Robinzonada usuli») olib k ird i.
Agar marjinalizm ta’limotining metodologik nazariy zaminiga e’tibor
qilinsa, ma’lum bo‘ladiki, birinchidan, uning tayanch g'oyasi subyektiv
—psixologik usuldir, ya’ni iqtisodiy hodisalarga subyektiv (ayrim subyekt,
shaxs, inson) tomonidan yondashuvidir; ikkinchidan, bozor iqtisodiyo-
tida odamning iste’mol ne’matlariga baho berishda ratsional yondashuvidir
(maqsadga muvofiq, o‘z shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqilgan yondashuv);
uchinchidan, iste’mol ne’matlarining noyobligi, cheklanganligi hamdir.
Yuqorida aytilganidek, marjinalizm ta’limotini vujudga kelishi va rivojla-
nishida Avstriya maktabi muhim o ‘rin tu tad i. Bu maktab o‘z tadqiqotiga
asos qilib bozorning sabab-oqibatli, subyektiv iroda mexanizmini oladi.
Avstriya maktabi tarafdorlari tovaming qiymat asosini uning qiymati ham,
hatto iste’mol
qiymati ham belgilamaydi, balki baholar zaminida
buyumning foydaliligi yoki nafliligi yotadi deydilar. Ularning fikriga ko‘ra,
buyumning naflilik darajasi uning cheklanganligiga bog'liq bo‘ladi, u esa
iqtisodiy voqea, jarayonning ratsional (maqsadga muvofiq) qatnashchi-
larida shakllanadi, cheklangan naflilik eng so‘nggi, oxirgi iste’mol ne’mati-
ning nafliligi bilan ya’ni, unga biror bir iste’molchi- individium bergan
baho bilan tavsiflanadi.
Masalan, K. Menger o'zining cheklangan naflilik nazariyasini «Siyosiy
iqtisod asoslanmasi» nomli asarida bayon etib aytadiki, qandaydir ne’mat-
ning cheklangan foydaliligi ikki omil bilan belgilanadi:
-birinchi omil —yakka, alohida individ iste’molining intensivligi ;
-
ikkinchi omil -qandaydir ne’matning noyobligi, cheklanganligi yoki
mavjud ne’mat zaxirasi.
Bundan m a’lum bo‘ladiki, mavjud ne’matning cheklangan zaxirasi
sharoitida iste’mol qilish qancha tez bo‘lsa, uning nafliligi yuqorilashgani
124
sababli individ bu buyumni shuncha yuqori baholaydi,. Aksincha, iste’mol
qilish
qanchalik sekinlashsa, sust borsa, ratsional subyekt (iste’molchi)
o‘sha buyumga shuncha past baho belgilaydi, uning zaxira hajmi ham
naflilik darajasini belgilab beradi.
Iste’mol hajmining zaxirasi qanchalik kamayib borsa, mavjud iste’mol
intensivligi sharoitida ne’matning cheklangan nafliligi ortib boradi. Ayni
chog'da, ne’matning miqdori qanchalik ortib borsa, cheklangan naflilik-
ning individual bahosi ham pasayib boraveradi. Shu bilan birga, K. Menger
cheklangan naflilik omillarini tahlil etar ekan,
unga tovarlar narxining
ta’sirini inkor etadi.
Avstriya maktabining yana bir yirik vakili Bern Baverkdir. Uning g'oyalari
«kapital va foyda» asosida bayon etilgan, uning ta’limotidagi asosiy qoidalar
quyidagilardir:
- cheklangan naflilik bahoni bevosita (talab orqali) emas, balki bilvosita
belgilaydi, ular o'rtasida m a’lum tebranishlar chegarasini aniqlash orqali
belgilanadi ;
-u yoki bu iste’mol ne’mati bozor bahosining yuqori maksimal chegara
sini, uning nafliligini iste’molchinining subyektiv bahosi belgilaydi, bu
chegaradan nariga o‘tolmaydi, aks holda iste’molning pasayishi yuz beradi;
- buyumning eng past, minimal baho chegarasiga sotuvchining o ‘z
tovari nafliligiga subyektiv bahosi bog‘liq bo'ladi. Boshqacha aytganda,
tovarning bozor bahosi iste’molchi va sotuvchining o‘zaro manfaatlari
to‘qnashuvi asosida belgilanadi.
Xo‘sh, maijinalizm ta’limotining ijobiy jihatlari, iqtisod faniga qo‘shgan
tarixiy hissasi nimadan iborat bo‘ldi?
1) Siyosiy iqtisod fani e’tiborini konkret bozor munosabatlari muam-
molarini o‘rganish zaruriyatiga burdi, ya’ni uni iste’mol va taklifga, baholar
shakllanishining amaliy jihatiga qaratdi.
2) Buyumlarning noyobligi, chegaralanganligi muammosini o ‘z
nazariyasi asosiga qo‘shib, jamiyat va tabiatda iste’mol resurslar cheklan-
ganligi, ulami takror ishlab chiqish muammoli masala ekanligiga e’tiborni
tortdi. Bu fikr, albatta, real amaliy ahamiyat kasb etdi.
3) Iqtisodiy munosabatlar mohiyatini belgilashda
subyektiv psixologik
yondashuvni ilgari surib, haqiqatda ham psixologik ta’sir iqtisodiyot
qatnashchilari faoliyatida katta ahamiyat kasb etishini ko'rsatib berdi. Bugun
bu ta’siming aniq mavjudligini hech kim rad eta olmaydi.
4) Marksizm iqtisodiy ta’limotiga muholif ta’limot sifatida marksizm
nazariyasidagi juda ko‘p chuqur ziddiyatli, noilmiy jihatlar borligini
125
siyosiy iqtisodda birinchi bo‘lib ochib tashladi. Undagi xatolikJarni,
metodologik asoslarni ko‘rsatdi. Ana shularga asoslanib aytishimiz
mumkinki, marjinalizm ta’limoti siyosiy iqtisod fanida o‘z tarixiy o‘miga
va ahamiyatga ega ta’limotlardan bin bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: