«Anti-Dyuring».
Marksizm ta’limotining asoschilaridan biri, Marks
ning do‘sti va safdoshi F. Engelsning asosiy asari. Unda marksizm
ta’limotining har uchchala tarkibiy qismlari haqida fikrlar, qarashlar
bildirilgan. Bu asarda siyosiy iqtisodning tor va keng ma’nolardagi ta’riflari
berilgan. F. Engels marksizm ta’limotining ishlab chiqilishi va targ‘ib
etilishida katta xizmat qilgan. U marksizmda birinchi bo‘Iib iqtisodiy
qarashlami ilgari surgan edi. Uning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli»
nomli asari ilk iqtisodiy asardir.
121
«Kapital»—
kapitalistik jamiyatning asosiy iqtisodiy kategoriyasidir.
«Kapital», Marks ta’biri bilan aytilganda, qo‘shimcha qiymat yaratish
uchun avanslangan, doimo harakatda, aylanishda bo‘lgan, o‘z-o‘zidan
ko‘payib boruvchi, qiymat yaratish va qiymatning o'sishiga manba bo'lib
xizmat qiladigan qiymatdir. Marks kapitalni ikki jihatdan bo‘linishini
ko‘rsatgan: aylanish xarakteriga ko‘ra asosiy va aylanma kapitaldan,
qo‘shimcha qiymat keltirishga qarab doimiy va o'zgaruvchi kapitaldan
iboratdir.
Takror ishlab chiqarish.
Marks takror ishlab chiqarishning zarurligini,
uning mohiyatini, shakllarini, xususan, takror ishlab chiqarishning
kapitalistik ijtimoiy shakllarini ko‘rsatgan. Takror ishlab chiqarishning
umumiqtisodiy m a’nosi shuki, odamlar jamiyat ehtiyojlarini qondirish,
ya’ni ulami iste’moli doimiy ravishda takror va takror bo'lib turishi tufayli,
ishlab chiqarishning takrorlanishi, yangilanishi xarakteriga ega. Umumiy
iqtisodiy jarayon sifatida u oddiy takror ishlab chiqarish va kengaytirilgan
(qo‘shimcha mahsulot yaratiladi) shakllaridan iborat, ya’ni ijtimoiy
mahsulotni bir xil miqdorda ishlab chiqaraverish va uni ko‘paytirib,
yaratish jarayonidan iborat bo‘ladi. Tabiiyki, K. Marks bu jarayonni
kapitalistik tuzum nuqtayi nazaridan o ‘rganadi va uni oddiy kapitalistik
takror ishlab chiqarish va kengaytirilgan (qo‘shimcha qiymat yaratadigan)
kapitalistik takror ishlab chiqarish ko‘rinishlarida bo‘lishini ta ’riflagan.
Ish haqi.
Marksizm ta’limotiga ko‘ra, ish haqi yollanma ishchining
ish kuchi qiymatining puldagi ifodasidir. Ishchi yaratgan zaruriy
mahsulotning kapitalistik ijtimoiy shaklidir. Marks ta’biri bo‘yicha, bu
tuzumda ish haqi har doim zaruriy mahsulotdan miqdoran kam bo‘ladi.
Buning sababi, deb u ish kuchiga talabning uning taklifidan doimo ortiqcha
bo'lishini ko‘rsatadi. Bundan u ishchilar sinfi qashshoqlashib boradi,
degan xulosa chiqargan. Biroq bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatlar
taraqqiyoti ko‘rsatdiki, Marks xulosalari ilmiy va amaliy jihatdan noto‘g‘ri
bo‘lib chiqdi.
122
|