taklif yetakchilik qiladi. Bundan ko‘rinadiki, ma’lum muddat ichida taklif
miqdori doimiylik kasb etadi, shunda talab baho tarkib topishining hal
qiluvchi omiliga aylanadi. Bunday holatda baho ortadi. Natijada yuqori
bozor bahosi bilan ishlab chiqarish harajatlari o ‘rtasida farq paydo bo'lib,
m a’lum foyda olinadi. A. Marshall tadbirkorda vaqtincha vujudga kelgan
qo‘shimcha daromadni kvazirenta deb atadi. Biroq boshqa davr kelib taklif
ortar ekan,
baho pasayadi, kvazirenta yo‘q bo'ladi.
.
Kembrij maktabining taklif ta’limotida yetakchi o‘rinda cheklangan
harajatlar g‘oyasi yotadi. A. Marshall cheklangan harajatlar deganda ma’lum
bir cheklangan, so‘nggi, oxirgi tovarning ishlab chiqarish harajatlarini
tushunadi. Bunda u cheklangan harajatlarini bozorga tovar chiqargan
tadbirkoming cheklangan harajatlari bilan aralashtirib yuboradi. Demak,
unda cheklangan harajatlar cheklangan taklif bilan bir qatorda turadi.
A. Marshall o ‘zining cheklangan harajatlar ta’limotida klassik siyosiy
iqtisod yetakchisi A. Smitning daromadlardagi uch omil nazariyasiga
suyanadi. U tadbirkoming cheklangan daromadida
uch omil borligini-
ish haqi, foiz va tadbirkorlik daromadini ko'rsatadi. Shunday mantiqdan
kelib chiqib, u ishchini «ratsional subyekt» deb baholaydi, ishchi esa
o'zining ishlab chiqarishdagi ishtirokini «plyus» yoki «minus» bilan
baholaydi. Agar minus sifatida mehnat harajatlari hisoblasa, plyus tariqasida
ishchining salbiy ehtirosini qoplovchi ish haqi turadi.
A. Marshall xuddi shunday tarzda pul kapitali egasining iqtisodiy holatini
tavsiflaydi. Masalan, kapital egasi o‘z pulini turli ne’matlaming cheklangan
nafliligini nazarda tutib shaxsiy iste’moliga sarflashi yoki o ‘z
shaxsiy
halovatini qondirishni keyinroq muddatga kechiktirib, foiz olish maqsadida
kapitalni ishlab chiqarishga sarflashi mumkin.
Shunday vaziyatni tahlil qilib, sohibkoming keyingi qarorini subyektiv
xohishiga bog'liq ish deb, ikkinchi holni foydaliroq ish deb bilib, harakat
qiladi deb tushuntiradi. Bunda tadbirkor daromadi ikki qismga ajratiladi:
bir qismi sohibkorning firmani boshqargani uchun qilingan mehnatini
qoplaydi, ikkinchi qismi noaniq: raqobat mavjud bo'lgan bozorga tovar
ishlab chiqargani uchun tavakkalchiligini qoplaydi.
Kembrij maktabi ta’limoti XX asrning ma’lum davrigacha siyosiy
iqtisodda ustuvor mavqeni egallab keldi. Alohida olingan iqtisodiy subyekt-
ning mikroiqtisodiy tahliliga asoslangan xulosalar bozor iqtisodiyotining
ziddiyatlarini bartaraf qilolmasligini iqtisod ilmining keyingi davri ko‘rsatib
berdiki, endilikda makroiqtisodiy tahlil yordamida iqtisodiy taraqqiyotga
erishish mumkinligini isbotlashga urinishlar bo‘ldi.
127
Avstriya iqtisodiy maktabi asos solgan maijinalizm ta’limoti Amerika
iqtisodiy maktabi
tom onidan davom ettirildi, m a’lum m a’noda
rivojlantirildi. Bu ilmiy maktabning asoschisi amerikalik professor J. B.
Klark boidi. U o‘zining «Boylikning taqsimlanishi», «Iqtisodiy nazariya-
ning muhim belgilari» nomli mashhur asarlarida maijinalizm ta’limoticha
o ‘ziga xos yondashdi. Biroq uning qarashlarida «cheklanganlik» g‘oyasi
makroiqtisodiy tahlil bilan boyitildi. U cheklangan kapital unumdorligi
va cheklangan mehnat unumdorligi ta’limotiga suyanib, ishlab chiqarish
va taqsimot tahlilini amalga oshirdi. Shundan kelib chiqib, siyosiy iqtisod
predmetini «qisqartirib», uni faqat taqsimot munosabatini o'rganadigan
fanga tenglashtirdi.
Klarkning taqsimot nazariyasi jamiyatdagi taqsimotni adolatga asoslan
gan, ziddiyatlardan holi bo‘lgan munosabat bo‘lishiga qaratilgan muloha-
zalar bildirdi. Buning uchun u ishlab chiqarishning har bir omiliga yaratil-
gan daromadga qo'shilgan hissasiga qarab taqsimlanishi kerak, degan fikmi
ilgari surdi.
Klark siyosiy iqtisod fanida xo'jalik hayotining statikasi va dinamikasi
haqidagi g‘oya bilan chiqqanligi ham yangilik bo‘ldi. U statika deganda
bozor iqtisodiyotining muvozanatini o‘matishga xizmat qiluvchi sharoit-
larni inobatga olishni tushundi. Bunga asos bo‘lib quyidagi
omillar xizmat
qiladi: texnika taraqqiyotining yo‘qligi va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida
mehnat va kapitalning erkin harakat qilishi, bu sohalarda foydalanilayotgan
mehnat va kapital miqdorining doimiyligi, iste’mol mollariga talabning
o'zgarmasligi va erkin raqobatning hukmronlik qilishi. Taxmin qilinadiki,
iqtisodiyotda bir emas, bir necha doimiy muvozanat bo‘lib, ular uchun
o ‘zgarmas m ehnat va kapital harakati xarakterli bo‘ladi. Yuqorida
ko‘rsatilganlardan birortasining yetishmasligi yoki-yo‘q b o ‘lishi iqtisodiyot
da muvozanatning buzilishiga sabab bo'ladi,
iqtisodiyot harakatga kelib
yangi statik holatga qaytadi. Dinamika ana shu statik holatning sabablarini
ko‘rsatadi.
-Iqtisodiyotda uchta figura qatnashadi, - deb ta’lim beradi Klark, -
Bular- pul egasi (kapital), ishchi va tadbirkor. Bu yerda pul egasi foiz
olish maqsadida o‘z kapitalini ishlab chiqarish vositalariga aylantiradi,
ishchi ish haqi olish ilinjida o‘z kuchini sarflaydi, tadbirkor esa bozor
muvozanati sharoitida ishlab chiqarish tashkilotchisi sifatida harakat
qiladi
va xuddi ishchi kabi ish haqigagina ega bo'ladi. Ishlab chiqarish statik holat
Dostları ilə paylaş: