Postkeynschilar metodologiyasida milliy daromadni taqsimlash muam-
mosi markaziy o‘rin tutadi. Ular iqtisodiy o ‘sish va barqarorlikni milliy
daromadning taqsimoti bilan bog‘laydilar. Ulardagi yana bir yangilik shuki,
jamiyatdagi barqarorlikni ng ta’minlanishida tashqi omil-ijtimoiy institutlar
(masalan, kasaba uyushmalari) muhim rol o ‘ynaydi. Kasaba uyushmalari
bandlik,
ish haqi, daromadlar, ularning taqsimlash jarayonlaridan
xabardor bo'lgan ijtimoiy institut bo‘lganligi tufayli postkeynschilar ularga
katta umid bilan qaraydilar. Postkeynschilar maqsadi iqtisodiyotni
tartibga
solish va daromadlar siyosati orqali inflyatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik edi. Biroq
iqtisodiyotning to‘lqinli rivojlanishi tufayli iqtisodiyotda ziddiyatlaming
yuz berishi, inflyatsiyaning u yoki bu darajada bo'lishi obyektiv iqtisodiy
haqiqatdir.
Dostları ilə paylaş: