Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Yangi keynschilik. Akselyator nazariyasi. Postkeynschilik



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

3. Yangi keynschilik. Akselyator nazariyasi. Postkeynschilik
qarashlari.
Biz yuqorida Keyns nazariyasi, amaliyotdan uzoq ta’limot emasligini 
ta’kidlagan edik. Bu ta’limotning hayotiy kuchga ega ekanligini uning 
izdoshlari yangi sharoitlrda rivojlantiiganda ham ko'rish mumkin. Natijada 
yangi keynschihk yo‘nalishi vujudga keldi. Keyns izdoshlari (A. Xansen, 
M. Klark, R. Xorrod va boshqalar) o‘z qarashlarida uning ikki xulosasiga 
suyandilar:
-iqtisodiyotda muvozanatni ta’minlash va iqtisodiy o ‘sishga erishish 
uchun davlatning iqtisodiyotga aralashishi zarurligi masalasi;
-iqtisodiy jarayonlami o‘rganishda makroiqtisodiy tahlilni qo‘llash 
kerakligi masalasi.
Keyns g‘oyalari uning davomchilari tomonidan rivojlantirilgan bo‘lsa 
ham bir yo'nalishda bormadilar: ular o‘ng, so‘l va liberal oqimga bo'linib 
ketdilar. Agar o‘ng oqim qurollanish, agressiv harakat orqaU iqtisodiyotga 
turtki berishni yoqlab chiqqan bo'lsa, so‘l oqim tarafdorlari milliy 
daromadni adolath taqsimlash yo‘li bilan iqtisodiy yuksalishga erishish 
mumkin deb hisoblashdi; uchinchi- liberal oqim esa qurollanishni inkor 
etib, yirik monopolistik birlashmalar manfaatlarini himoya qilib chiqdi.
Keyns izdoshlaridan biri AQSH iqtisodchisi S. Xarris Yangi keyns- 
chilikning ordodeksal yo'nalishiga asos soldi. U stagnatsiya nazariyasi bilan 
chiqdi. U davlatning iqtisodiyotni rag‘batlantiruvchi kuchga aylanishi uchun 
soliqlami oshirish lozim deb qarab, u multiplikator g‘oyasini yangi 
fikrlar bilan boyitdi.
Yangi keynschilar multiplikator g‘oyasini tahlil qilib, uni yangi akse- 
lerator g'oyasi bilan almashtirdilar.Multiplikator va akselerator g‘oyalari 
o'rtasidagi farq shundaki, multiplikator g‘oyasigako‘rainvestitsiyalami 
qanday joylashtirishning ahamiyati yo‘q, akseleratorga ko‘ra, uning 
ahamiyati bor, ya’ni u bandlikni oshirish va daromadlami ko‘paytirishga 
yo‘naltirilmog‘i m a’qul. Akselerator g‘oyasi investitsiyalaming qanday 
ishlatish ahamiyatlirog‘i kelib chiqib «industrlashgan investitsiya» degan 
yangi kategoriyani muomalaga kiritdilar. Akselerator g‘oyasiga ko‘ra, 
investitsiyalar innovatsion faoliyat (yangilik joriy etish orqali) bilan bog‘liq 
bo'lishi va ishlab chiqarishni tarkiban o‘zgartirishi lozim. Buning oqibatida 
aholi bandligi va daromadlarida katta tarkibiy o'zgarishlar sodir bo‘ladi. 
Akselerator investitsiyalar o‘sishining daromadlar o‘sishiga-ta’siri inves- , 
titsiyalashdan oldingi va undan keyingi daromadlaming farqlari o‘rtasidagi
136


nisbat bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, akselerator (A), innovatsion 
o‘sishning (Д1) daromad o'sishi, ya’ni inyestitsiyadan keyingi (A D 2) va 
undan oldingi daromadli (D,) farqqa (D2- D,) aloqasini bildiradi. Bu 
bog‘liqlik quyidagicha ifodalanadi:
Л - - И
-

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin