Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
qiladi. Masalan, J. Gelbrayt monetaristlaming iqtisodiyotni pul bilan eng yaxshi tartibga solish mumkin degan fikrini inkor etadi. U bozor iqtisodiyotiga asoslangan kapitalizmni doimo o‘zgarishlar uchrab turadigan tuzum, u o ‘z-o ‘zidan transformatsiyalashib, ziddiyatlarini o ‘zi bartaraf etib, o‘z iqtisodiy va boshqaruv dastaklari bilan yangilanib boruvchi jamiyat deb talqin qiladi. Sotsial-institutsionalistlar o‘zlarining nazariy metodologik konsepsiyasi markaziga aynan transformatsiya g‘oyasini qo'yadi. Bunda ular obyektiv ravishda rivojlanib boradigan sanoat ishlab chiqarishiga asoslanadigan yirik korporatsiyalarga, ilmiy-texnika inqilobiga, tabiiy ravishda boshqaruv tizimining murakkablashib borishi iqtisodiy jarayonlami rejali tashkil etish zaruriyatiga asoslanadilar. Institutlar markaziga ular aynan yirik korporatsiyalarni qo‘yishadi, zero ular zamonaviy industrial tizimning tashkiliy tuzilmasini tashkil etadi, korporatsiyalar iqtisodiyotning boshqa tuzilmalari bilan bog‘lanib, daromadlar, baho va boshqa iqtisodiy vositalami boshqarish mexanizmini yaratadi. Ushbu ta’limot jamiyatning evolyutsion tarzda yangilanib o‘zgarib, borishini juda ko‘p iqtisodiy, sotsial, siyosiy, psixologik, ma’naviy-etnik omillar bilan birga o'zgarishlar zamirida faol rolni texnika, texnologiya, fan kabilar o'ynashiga urg‘u beradi. Ular ta’limotidagi bosh masalalardan biri-iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat o'matishdir. Bu nazoratga ular, birinchi navbatda, korporatsiyalar va ularni boshqarishning isloh qilinishini, davlatning raqobat mexanizmiga, moliya-budjet tizimini, pul-kredit holatini, baholarning tashkil topishini va shu kabilarni kiritadilar, sotsial nazoratni tashkil etishda rejalashtirishga katta o ‘rin beriladi.