Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
Bulaming hammasi davlatning butun institutlar tizimida yetakchi o ‘rin to‘tishga olib keladi. Sotsial-institutsionalizm nazariyotchilari ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda davlatning roliga katta e’tibor berishadi. Masalan, U. Rostou davlatning ilmiy-texnika inqilobini rivojlantirishdagi roliga baho berib, bu tom ma’noda «to‘rtinchi sanoat inqilobidir», bu inqilob iqtisodiyotga mikroelektronikani, telekommunikatsion aloqalar, lazer texnologiyasi va ishchi-texnikani, sun’iy materiallami joriy etishda namoyon bo‘ladi, davlat aynan o ‘z zimmasiga fundamental ilmiy tadqiqotlar o ‘tkazish harakatlarini, ta’Um tizimini yaxshilash, kasb-hunar o‘rgatish, tajribalar o ‘tkazish, yirik loyihalarni yaratish va joriy etishda o‘z ifodasini topadi, deb yozadi. Institutsionalizm ta’limotida, uning yangilanib borishida J. Gelbraytning o ‘mi kattadir. U o‘zining yirik asarlari bilan kapitalistik jamiyatni inqirozsiz 144
rivojlantirib borish konsepsiyasi orqali AQSH hukumatining yangi iqtisodiyot siyosatini shakllantirishda faol ishtirok etgan olimlardan biridir. Gelbravt o ‘z ta’limoti markaziga yirik korporatsiyani qo‘yadi, uning fikricha, aynan ana shu xo'jalik shakli ilmiy-texnika taraqqiyotini ta’minlaydi, jamiyatni yangilab boradi. U «yetuk korporatsiya» g‘oyasini ilgari surib, uni oddiy ishlab chiqarish birlashmasi — monopoliyadan ustun qo'yadi. U shunday fikrlaydi: yetuk korporatsiya va rejalashtirish tizimida hokimiyat va boshqaruv mulk egalaridan muhandis-texnologiya- lardan iborat texnostrukturaga o ‘tib ketadi, garchi ular ishlab chiqarish vositalarining egalari bo‘lmasalar ham texnostruktura shunday kuchga ega bo‘ladiki, mulk egalari bo‘lmaganlari holda iqtisodiyotning strategik