omilini kuchaytirish masalasiga e’tibor qaratiladi. Jamiyatdagi qadriyatlar tarkibida insonning o ‘z farovonligi uchun kurash huquqi ham e ’tirof etiladi. Zero, inson obyektiv ravishda o ‘z turmushini yaxshilashga intiladi. Biroq bu farovonlik uning o ‘z intilish, sa’y-harakatiga bog‘liq hamdir. Ammo insonning yaxshi yashash uchun intilishi jamiyat manfaatlariga zid kelmasligi kerak, ya’ni bu harakat ma’lum belgilangan tartiblar, qonunlar doirasida bo‘lishi lozim. 151
XIII bob XIX ASR OXIRI- XX ASR BOSHLARI 0 ‘ZBEK MILLIY IQTISODIY TAFAKKURI Tarixdan ma’lumki, o ‘zbek fani va madaniyati rivojida, xususan, millatning iqtisodiy tafakkurida ham XV-XVI asrlardan keyingi davrda qandaydir turg‘unlik, orqada qolishlik holati kuzatildi. Buning o ‘ziga xos obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta. Bu qoloqlik Yevropa mamlakatlaridagi har tomonlama yuksak taraqqiyot bilan taqqoslaganda yanada ravshanroq ko‘rinar edi. Bunday achinarli ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-m a’rifiy, siyosiy tushkunlikni XIX asming oxiri XX asr boshlarida millat, Vatan taqdiri uchun o ‘zlarini mas’ul deb bilgan va bunday qoloqlikdan chiqarishga o ‘zlarining butun vujudini, aqliy salohiyatini, kerak bo‘lsa iqtisodiy imkoniyatlarini ham bu yo'lga bag‘ishlovchi jadidlar deb nomlangan bir guruh o ‘zbek vatanparvar, millat fidoyisi bo'lgan ziyolilar tiyran idrok etdilar. Ular bunday qoloqlik endilikda davom etmasligi kerak, unga qarshi millatni ma’rifat, ilm-fan tarqatish bilan uyg‘otish orqali kurashish lozim deb hisobladilar. Bular Abdulla Avloniy (1878-1934), Abdurauf Fitrat (1886-1938), Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho'lpon (1897