iqtisodiy ma’no yashiringan: birinchidan, muallif pulni ne’mat ya’ni mehnat bilan yaratilgan ma’lum qiymat, uning ifodasi degan ilmiy fikmi bildiradi; ikkinchidan, pul tadbirkomi ishbilarmonni yoqtirishi, faqat ana shunday kishilar qo‘lida pul, mol-dunyo ko‘payajagini uqtiradi. Har zamonda insonning maqsadi erkin va farovon yashashdir. Ayniqsa, «bu zamonda maqsadga yetmak uchun, -deb yozadi Abdulla Avloniy, - o ‘z millatiga xizmat qilmoq maqbul bo‘lmak uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi millatlaming hoi va qudratlari mol va boyliklardandur. Har yerda boy millatlar og‘ir kelub, faqirlarga yengil kelub qul va asir bo‘lib qoladur...2». Iqtisod ilmida'n boxabar bo‘lgan kishilar har doim qiladigan sarf harajatlarining samara berishini oldindan hisob-kitob qiladilar. Olim misol keltirib aytadiki, ilmdan yaxshi xabardor b o ig a n amerikalik va yevropaliklar iqtisodiy bilimliklari tufayli, farovon to‘q yashaydilar. U yozgan edi: «Bobolarimizning bo‘lsa bo‘lar, bolmasa g‘ovlab ketar» zamonlari o‘tub, o ‘miga «bilg‘on bitar, bilmagan yitar» zamoni keldi. Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar. Yevropaliklar o ‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o‘zimizga 25 tiyinga soturlar3». Jadidlarning ulug‘ namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat ham iqtisod ilmini egallashga, yoshlarimizni tijorat va savdo ishlariga o ‘qitishimiz lozimligiga da’vat qilgan edi. U vatandoshlarga, millatdoshlariga murojaat qilib shunday deb yozgan edi: «Sizlar o ‘z farzandlaringizni tijorat maktablariga yuborib, savdo ishiga o ‘qitingiz, chunki begonalar (xorijiy savdogarlar-muallif.) tijorat ilmidan xabardor. Siz esa bexabarsiz4». 1 A. Avloniy. Tanlangan asarlar. 1 — jild «Mukammal insonni o'ylab». T, 1998, 37 —bet
2 A. Avloniy. Guliston yoxud axloq. Т., 1967. 33 — 34— betlar
3 A. Avloniy. Tanlangan asarlar. 1 —jild, Т., 1998. 57 —58 —betlar
4 A.Fitrat. Tanlangan asarlar. 1—jild «Hind sayyohi bayonoti» Т., 2000, 167 —bet
153