Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
qilaturg'on kishini (o‘zi) avval o ‘n sana zamona ilmi o ‘qimog‘i lozim2». 3. «Ihroj va a’mol san’ati» - milliy iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish omili Odamlarning daromad topish manbayi ijtimoiy mehnat taqsimotining qanchalik rivojlanishiga bog‘liq. Biroq, bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan davrda ko‘proq tijoratga, savdo-sotiqqa urg‘u berishadi. Abdurauf Fitrat tijoratni daromad topishning manbayi ekanini e’tirof etsa-da, biroq tijorat bilangina boyish mumkin emas deb hisoblaydi. U yozadiki, iqtisodiy taraqqiyotga, farovon va obod yashashga olib keluvchi boshqa yo‘llar ham bor. Ana shulardan biri- «ihroj san’ati», ya’ni yer osti boyliklarini chiqarib olish va «a’mol san’ati», ya’ni uskunalar (fabrika, zavodlar) yaratishdir. Turkiston bag‘rida tilla, mis, temir, ko‘mir, lampa moyi va boshqa juda ko‘p tabiiy boyliklarning miqdori mavjud, ular koni foyda, ularni ishga solish orqali xalqni bahramand etish lozim. «Buxoroliklar, bu xudo bergan ne’matlardan foydalanmasangiz, albatta, ko‘p o'tmay begonalar bu boyliklaiga ega bo‘lib oladilar... Dunyo-dunyo pul ishlab oladilar... U vaqtda sizlarning farzandlaringiz chorasiz qolib, ularning xizmatlariga bo‘yin egishlari muqarrar...3». Buyuk allomamizning bundan 100 yil ilgari aytgan bu eslatmasi bugungi mustaqilligimiz sharoitida yana ham qimmatlidir. Bundan xulosa shuki, 1 M.Behudiy.
Tanlangan. asarlar, 2-nashri «Oh bankalar bizni baibod etdi»
Т., 1999, 168-bet 2 M.Behudiy. Tanlangan. asarlar, 2 —nashri «Ehtiyoji millat» 1999. 200 —bet
3 A.Fitrat. Tanlangan. asarlar, 1-jild «Hind sayyohi bayonoti» T„ 2000, 168 —bet
155
mustaqilligimiz bergan imkoniyatdan foydalanib yer osti boyliklarimizni