tezroq o‘zlashtirib mustaqiligimizni abadiylashtirib olishimiz, Vatanimizni qudratli davlatga aylantirishimiz lozim. Prezidentimiz I. Karimov ishlab chiqqan va olib borayotgan iqtisodiy islohotlar siyosati ana shu maqsadga qaratilgan. 4. Agrar soha samaradorligini oshirishga oid fikrlar Jadidlar Turkiston iqtisodiyotining asosini agrar ishlab chiqarish tashkil etishini yaxshi tushunar edilar. Shuning uchun ham ular bu tarmoqning rivojlanishiga qaratilgan mulohazalar, fikrlami ilgari surdilar. Xususan, Abdurauf Fitrat «Hind sayyohi bayonoti» asarida Buxoro qishloqlarida iqtisodiy-ijtimoiy ahvol g‘oyat achinarli ekanligini ta’kidlab, buning boisi qishloq xo‘jaligining zamonaviy talab va taraqqiyotdan juda orqada qolishi deb bildi. U yerdan samarali foydalanilmasligi sababli «Yerga hosil berish darajasida mehnat qilinmasligi ya’ni yerlaming imkoniyaticha hosil olinmasligidadir1 »,-deb ko‘rsatdi. A. Fitrat Turkiston qishloq xo‘jaligida ehtiyojlarni qoplash darajasida hosil olinmaslik sabablarini o ‘rgandi va uning uchta asosiy sababi borligini aniqladi: Birinchi sabab-amlakdorlar (amaldorlar)ning dehqonlarga nisbatan adolatsiz munosabatlarda bo‘lishlaridir. Bu adolatsizlik raiyatdan soliq yig‘ishda namoyon bo‘ladi; Ikkinchi sabab-aishloq xo‘jaligida unumdorligi past asbob-uskunalardan (ishlab chiqarish vositalaridan) foydalanib kelinayotganligidir. Bu olingan daromad texnikadan foydalanish harajatlarini ham qoplamasligida namoyon bo‘ladi; Uchinchi sabab-Yerga quvvat beradigan sanoat dori-darmonlarining (mineral o ‘g‘itlar, gerbidsitlar, ximikatlar kabilar) yetarli ishlatilmayot- ganidir2. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish g‘oyalari bilan