Tukli gazlamalar ko’pincha sitiluvcha bo’ladi bunday gazlamalardan kiyim tikishda
qirqimlari albatta yo’rmalanishi lozim.
Tukli gazlamalarni bichish jarayoni ham ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Tukli
gazlamalardan kiyim bichishda, tuksiz gazlamaga nisbatan ancha ko’proq
gazlama
sarflanadi. Chunki andozlar gazlamaga faqat bir tomonlama joylashtiriladi.
Milliy ko’ylaklar uchun bezak elementlarini tanlash.
Bezak elementlari juda xilma
xil bo’lib ularni tanlashda nimalarga e’tiborni qaratish lozim.
•
gazlama xususiyatlariga;
•
gazlama rangi va gullariga;
•
gazlama
narxiga va gazlama bezaklariga;
•
kiyim turiga;
•
kiyim kiliyilish joyi va kiyim egasini yoshi, tashqi ko’rinishiga;
•
kiyim fasosiga
Agar milliy ko’ylak kundalik ishlarga mo’ljallangan bo’lsa kiyim bezagi unchalik
sezilmaydigan, ko’zga tashlanmaydigan bo’lishi shart. Masalan tesmalar, to’rlar,
jiyaklar va xakozo..
Agar kiyim kechalik kiyim bo’lsa va gazlama qimmat narxli bo’lsa
unda gazlamaga
xoz besaklar tanlanadi. Gazlama rangi, gazlama gullarini rangi va shakli, gazlama
bezaklari (toshlari, ko’zchalari, tesmalari) turiga qarab bezak gazlama tanlash lozim.
Ayrim xollarda galamani o’zi bezaklarga boy bo’lsa
gazlama bezaklarini qirqim
joylardagi bezaklari ehtiyotlik bilan so’qilib uni kerakli joylarga o’rnatish mumkin.
Ayrim boy bezakli gazlamlarga ortiqcha bezak berilsa kiyim bachkanalashib ketadi.
Unday xollarda bu kiyim kechalarda kiyilsa ham bezak elementlar qo’llanilmaydi.
Milliy kiyimlarga toshli bezaklardan tanlashda toshni rangi ham gazlama rangi yoki
gazlama gullarini ko’p takrorlanadigan gangiga mos ravishda tanlanadi. Aks xolda
kiyimga bezak ko’rk berish o’rniga uni sifatini buzadi.
Demak kiyimni qanchalik sifatli tikkan bilan uni bezaklarini, kiyim elementlarini
to’g’ri tanlanmasa, tanlangan elementlardan to’g’ri foydalanilmasa
kiyim sifatli
ciqmaydi. Shuning uchun biz yuqorida bergab tavsiyalarga amal qilinsa kiyim
sifatiga kafolat berish mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: