tanlandi. Maxsus bo’limda berilgan mavzu bo’yicha ilmiy ish bajarildi. Bunda uch
xil metodika bo’yicha asos konstruktsiya o’rganilib, ularning hususiyatlari tahlil
qilindi. Shundan so’ng maxsus bo’lim natijalariga asoslanib metodikasi bo’yicha
konstruksiya qurildi va model konstruktsiyasi ishlab chiqilidi. Ishchi xujjatlar
tuzilib yangi model andozalari tayyorlandi va gazlama sarflash normasi hisoblandi.
Texnologik bo’limda dastlab loyihalanayotgan komplekt va material
hususiyatlariga to’g’ri keladigan zamonaviy asbob-uskuna va tikish usuli tanlandi.
Ishlov berish usullari qirqimlarda ko’rsatildi. Diplom loyiha ishida seriyaga ishlov
berilganiligi sababli model kolleksiyasiga ishlov berish texnologik tartibi tuzildi va
shu asosida ishlab chiqarish parametrlari hisoblanib, ishlab chiqarish oqimining
tashkiliy texnologik sxemasi tuzildi. Tashkiliy texnologik sxema analitik va graf
usulida tahlil qilindi. Tikuv sexi loyihalanib ish o’rinlari joylashtirilib chiqildi.
Mehnat predmetlarini ish joyidan keyingi ish joyiga uzatish uchun aravachalaridan
foydalanildi.
Ishni bajarish natijasida yuqori texnika - iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishildi.
Korxonada loyihalashtirilayotgan potokda rentabellik, foyda va tannarx
ko’rsatkichlari ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: