128
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Mustaqil yechish uchun: monoduragay chatishtirishga oid masalalar
1. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a). Tajribada gul
simon tojli tovuqlar oddiy tojli xo‘rozlar bilan chatishtirildi. F
1
duragaylar
ning fenotipi va genotipi qanday bo‘ladi?
A) Agar F
1
o‘zaro chatishtirilsa, F
2
da qanday natija kutish mumkin?
B) F
1
oddiy tojli xo‘rozlar bilan qayta chatishtirilsachi?
2. Quyonlarda yungining normal uzunligi dominant (B),
qisqaligi retses siv
belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatish tirilganda
qanday fenotipli organizmlar olinadi? Bb
x
Bb; BB
x
bb; Bb
x
BB.
3. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik
qiladi. Tajribada otaona organizmlar
qizil rangga ega edi, lekin ular cha
tishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq pomidor hosil bo‘ladi. Otaonaning va F
1
duragaylarning genotipini aniqlang.
4. Odamda qo‘yko‘zlik dominant, ko‘kko‘zlik retsessiv belgi. Nikohlangan
yigit va qizning biri qo‘yko‘z, ikkinchisi esa ko‘kko‘z bo‘lsa, ular far
zandlarining ko‘zi qanday bo‘ladi?
5. Drozofila meva pashshasida normal qanot dominant, egilgan qanot retses
siv gen ta’sirida rivojlanadi. Naslda 3:1 yoki 1:1
nisbat olish uchun qanday
genotipli pashshalarni o‘zaro chatishtirish kerak?
6. Ipak qurti lichinkalarining yo‘lyo‘lligi
(A
) bir xil rang
(a)
li
lichinka
ustidan dominantlik qiladi. Yo‘lyo‘l geterozigotali qurtdan chiqqan ka
palak bir xil rangli qurtdan chiqqan erkak kapalak bilan chatishtiriladi. F
1
bo‘g‘inning fenotipi va genotipini toping.
7. Ipak qurti urug‘ining qoramtir
rangi
(A)
oq rangi
(a)
ustidan dominantlik
qiladi. Geterozigotali urg‘ochi kapalak
shunday erkak kapalak bilan
chatishti rishidan qanday nasl olinadi?
Dostları ilə paylaş: