131
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
zararli bo‘lgan mutatsiyalar, organizmga foydali ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bunday mutatsiyalarni tashuvchi organizmlar tabiiy tanlanish nati ja sida
saralanib boradi.
Mutatsiyalar paydo bo‘ladigan joylar.
Mutatsiyalar generativ va
somatik bo‘lishi mumkin. Jinsiy hujayralarda paydo bo‘lgan mutatsiyalar
shu organizm belgilarining namoyon bo‘lishiga ta’sir qilmaydi, u faqat
keyingi bo‘g‘inlarda namoyon bo‘ladi. Bunday mutatsiyalar
generativ
mutatsiyalar deyiladi
. Agar somatik hujayralarning genlari o‘zgarsa,
bunday mutatsiyalar shu organizmning o‘zida namoyon bo‘ladi va jinsiy
ko‘payishda keyingi avlodga o‘tmaydi. Biroq jinssiz ko‘payishda, agar
organizm hujayra yoki hujayralar to‘plamidan ko‘payayotgan va unda
o‘zgargan — mutatsiyaga uchragan gen bo‘lsa, bunday mutatsiyalar
somatik mutatsiyalar
deb ataladi va ular ke yingi avlodlarga o‘tishi
mumk in. O‘simlikshunoslikda somatik mutatsiyalardan madaniy
o‘simliklarning yangi navlarini yaratishda keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: