132
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Urug‘lanish davrida bunday gametalarning normal gaploid gameta bilan
qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan zigotada mazkur turga xarakterli bo‘lgan
diploidli to‘plamga nisbatan xromosomalar soni bittaga ko‘p yoki kam
bo‘ladi. Bunday holatlarda genlar muvozanatining buzilishi organizm rivoj
lanishining buzilishiga olib keladi.
Sodda hayvon va o‘simliklarda ko‘pincha
xromosomalarning gaploid
to‘plamga nisbatan karra ortishi kuzatiladi. Xromosomalar to‘plamining
bunday o‘zgarishi
poliploidiya
deb ataladi. Poliploidiyaning darajasi
har xil bo‘ladi. Sodda hayvonlarda xromosomalar
soni bir necha yuz
barobarga ko‘payishi mumkin. Poliploidiya hodisasi yuksak o‘sim
liklarda keng tarqalgan. Kariotipda xromosomalar sonining ko‘payishi
bilan organizmning genetik barqarorligi ortadi,
mutatsiya jarayonida
hayotchanlikning pasayishi xavfi kamayadi. Poliploidiya organizmlarning
hayotchanligi, mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini oshiradi. O‘sim
likshunoslikda poliploidiyadan keng foydalani ladi.
Chunki madaniy
o‘simliklarning sun’iy olingan poliploid navlari yuqori hosildorligi bilan
farqlanadi (69 rasm).
Dostları ilə paylaş: