A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


o ‘ simligining umumiy ko



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

o

simligining umumiy ko

rinishi. 


135
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
ingichka lansetsimon, suv ustidagi barglari voronkasimon, suv yong‘og‘ida 
esa suv osti barglari patsimon qirqilgan, suv usti barglari esa yaxlit bo‘ladi.
Barcha odamlarda (agar ular albinos bo‘lmasa) ultrabinafsha nurlar 
ta’sirida melanin pigmenti to‘planishi tufayli terisi qoramtir tusga o‘tadi.
Shunday qilib, tashqi muhitning ma’lum ta’sirida organizmlarning 
har bir turi o‘ziga xos o‘zgarishlarga duch keladi va bunday o‘zgarishlar 
shu tur vakillarining barchasi uchun bir xilda bo‘ladi. Shu bilan birga, 
tashqi muhit sharoitlari ta’sirida belgilarning o‘zgarishlari chegarasiz 
emas. Belgilarning xilma­xillik darajasi yoki o‘zgaruvchanlik chegaralari 
reaksiya normasi
deb ataladi. Reaksiya normasining kengligi genotip bilan 
aniqlanadi va organizm hayot faoliyatidagi belgilarining ahamiyatiga 
bog‘liq. Reaksiya normasining torligi bosh miya yoki yurak kattaligi kabi 
muhim belgilarga xosdir. Shuningdek, organizmdagi yog‘ miqdori juda 
keng doirada o‘zgaruvchan bo‘ladi (sut tarkibidagi yog‘ miqdori qoramol 
zotiga, genotipiga bog‘liq).
Hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar guli kamdan­kam 
hollarda o‘zgaradi, lekin barglarining kattaligi juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Inson uchun foydali bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarni 
olish uchun modifikatsion o‘zgaruvchanlikning reaksiya normasini bilish 
seleksiya amaliyotida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida 
yangi sermahsul zot va navlarni yaratishdan tashqari, mavjud bor zot va 
navlardan yuqori darajada foydalanish imkonini beradi. Modifikatsion 
o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganish tibbiyotda inson organizmini 
reaksiya normasi doirasida saqlab turish va rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, fenotipik o‘zgaruvchanlik quyidagi 
asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 
1) irsiylanish xususiyatiga ega emas;
2) o‘zgarishlar guruhli xarakterga ega;
3) o‘zgarishlar tashqi muhit ta’siriga bog‘liq;
4) o‘zgaruvchanlik chegaralari genotip bilan aniqlanishi, ya’ni o‘zga ­ 
rish lar bir xil yo‘nalishda bo‘lishiga qaramay, ularning namoyon bo‘ ­ 
lish darajasi har xil organizmlarda turlicha bo‘ladi.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin