127 GENETIKA ASOSLARI V BO‘LIM asosi — genotip tabiati to‘g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga imkon
beradi. Duragaylar avlodida gi ajralish ma’lumoti genotip birbiridan ajra
ladigan va mustaqil ravishda nasldan naslga o‘tib boradigan — genlardan
tarkib topadi, deb ta’kidlashga imkon beradi. Shu bilan birga genotip
yaxlit bo‘ladi va uni ayrim genlarni shunchaki mexanik yig‘indisi, deb
qarash mumkin emas. Genotipning ana shunday yaxlitligi tur evolyutsi
yasi jarayonida tarixan tarkib topgan bo‘lib, avvalo ayrim tarkibiy qismlari
(genlar)ning doim birbiriga yaqindan o‘zaro ta’sir etib turishi bilan ifo
dalanadi. Organizm belgi larining rivojlanib borishi ko‘pgina genlarning
o‘zaro ta’siriga bog‘liq bo‘ladi, har bir gen esa ko‘p tomonlama ta’sir eta
di va organizmning bir emas, balki ko‘pgina belgilarining rivojlanishiga
ta’sir qiladi.
1. 2. 3. 4. Genlarning o‘zaro ta’sir etishini tushuntirib bering.
Genlarning o‘zaro ta’sir etishi qanday xillarga bo‘linadi?
Genlarning komplementar ta’siri nima? Misollar bilan tushuntiring.
Epistaz nima? Misollar keltiring.
1. 2. 3. Genlarning polimer ta’sirini tushuntirib bering.
Genlarning ko‘p tomonlama ta’sirining mohiyati nimadan iborat?
Genlarning o‘zaro ta’siri Mendel qonunlaridan nimasi bilam farq qiladi?
Genetikadan masala yechish yoki bajarish nazariy bilimlar qay darajada
o‘zlasti rilganligiga uzviy bo‘g‘liqdir. Agar o‘quvchi genetikadan zarur nazariy
bilimga ega bo‘lmasa, masala yoki mashqlarni mustaqil ravishda yecha olmaydi.
Shunga ko‘ra, o‘qituvchining masala, mashq yechishni o‘rgatishi ularga puxta
va atroflicha bilim berishdan boshlanishi kerak. Dastur talablariga mos bilimlarni
o‘quvchilar puxta o‘zlashtirishlari uchun har bir mavzu o‘tilayotganda o‘qituvchi
jadval, diafilm yoki kinofilmlarni ko‘rsatish orqali tayyor bilim bermasdan, balki
o‘quv materialini qismlarga (fragmentlarga) ajratgan holda, ularning faolligini
oshirish kerak. Ya’ni muammoli savollar berish, dialog usulida dars o‘tish,
doskadan keng foydalanish, masalan, otaona va duragaylar turli bog‘inlarning
genotipini va fenotipiti yozish,
mono- ,
di- , poliduragaylardan gametalar olish,
duragaylar ora sidagi xilmaxillikni doskada tahlil qilish yoki genlarning o‘zaro
ta’sir mexanizmini yozib tushuntirish muhim ahamiyatga ega.