1-mavzu: falsa



Yüklə 282,11 Kb.
səhifə1/19
tarix03.06.2023
ölçüsü282,11 Kb.
#124500
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-Mavzu


1-MAVZU: FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR
MOHIYATI
REJA:

  1. Falsafa fanining predmeti, tuzilishi, funksiyalari va yangi soxalari.

  2. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli.

  3. Falsafa tarixida fanlar tasnifiga oid qarashlar evolyusiyasi.

Tayanch tushunchalar
Falsafa, faylasuf, dunyoqarash, fetishizm, animizm, totemizm, magiya,
ontologiya, gnoseologiya, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya, metafizika, tafakkur, materiya, tabiat, borliq.
FALSAFA tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa sozini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, ananalar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim bilan inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, Falsafani bilmaydigan odam meditsina yoki talim, sanat yoki
madaniyat sohasi vakili bo‘ladimi, bundan qati nazar hayotning, oz kasbining mano-mazmunini yaxshi tushunmaydi.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk
mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan
mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o‘tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab etgan, o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri
tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga
etish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdan-ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so‘zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. FAYLASUF esa, qadimgilar
fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shuningdek boshqa
faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.

Yüklə 282,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin