Falsafaningasosiymasalalari. Falsafani o‘rganayotgan har bir odamda falsafada qolgan barcha muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan,
ya’ni muhimroq, asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki
mavjud emasligiga qiziqish ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy e’tibor beradi, kimdir esa, aksincha, uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma’nosi, inson
bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta’limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga
qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Materialistlarvaidealistlar. U yoki bu faylasuflar savolning birinchi qismiga qanday javob berishiga qarab, -dunyoazaldanmoddiy,ongesabumateriyaning mahsulidir, debhisoblovchilarmaterialistlarva dunyozamiridamateriyadanoldin paydobo‘lganvauniyaratuvchiidealnarsalarvahodisalaryotadi,deganfikrni himoyaqiluvchiidealistlarga ajratiladi.
Bunda idealizmning ikki turi – ob’ektiv va sub’ektiv idealizm farqlanadi.