1.
2.
3.
4.
5.
Eukariot hujayralar qanday paydo bo‘lgan?
Eukariot hujayralarning turli tumanligiga misollar keltiring.
Hujayralarni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkinmi?
Tashqi sitoplazmatik membrananing vazifalari nimalardan iborat?
Sitoplazmadagi turli xil moddalar to‘plami nima deb aytiladi?
43
HUJAYRA HAQIDAGI TA
’
LIMOT
II BO‘LIM
Golji majmuasida
lizosomalarning hosil
bo
‘
lishi.
Lizosoma
25- rasm.
Ribosoma RNKsi yadrodagi DNK molekulasi yordamida hosil bo‘ladi.
o‘sha joyda ribosomalar ham shakllanadi va yadrodan tashqariga chiqa-
di. Sitoplazmada ribosomalar erkin yoki endoplazmatik to‘rning tashqi
yuzasiga birikkan holda joylashishi mumkin. Ribosomalar deyarli barcha
hujayralar: prokariot va eukariotlarda uchraydi.
Golji majmuasi (apparati)ning asosiy qurilma elementi — silliq
mem bra na bilan chegaralangan bo‘shliqlar (sisterna) tizimi, vakuolalar
va kichik pufakchalarni paydo qiladi (25- rasm). Endoplazmatik to‘r
membranalarida hosil bo‘lgan oqsillar, polisaxaridlar, yog‘lar Golji ma-
jmuasiga tashiladi. U ning ichida bu birikmalar o‘zgarishga uchraydi va
ajralishga tayyor shira sifatida o‘ralib, kerakli joylarga uzatiladi yoki hu-
jayraning hayot faoliyati uchun foydalaniladi.
lizosomalar (yunoncha — “lizeo” — eritaman) uncha katta bo‘l ma-
gan yassi tanachalardir. Dia metri 0,4 mkm bo‘lib, bir qavat membrana
bilan o‘ralgan. Ularning ichki qismi ozuqlarni parchalovchi fermentlar
bilan to‘lgan. Bu fermentlar oqsillar, karbon suvlar, nuklein kislotalar,
yog‘lar va boshqa moddalarni parcha lash xususiyatiga ega. Lizosomalar
Golji maj mua si dan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri en do p laz matik to‘rdan hosil
bo‘li shi mumkin.
Mitoxondriya (yunoncha —“mitos” — ip va “xondro” — dona) bir
va ko‘p hujayrali organizmlarning barcha eukariot hujayralarida mavjud.
Mitoxondriyalarning hayvon va o‘simlik
olamida bunday keng tarqalishi ularni
hujayrada muhim ahamiyatga ega ekan-
ligidan darak beradi.
Mitoxondriyalar turli-tuman shakl-
larda: yumaloq, yassi, silindrsimon va
hatto ipsimon ko‘rinishda ham uch -
raydi. Ular 0,2 dan 15—20 mkm kat-
talikka ega. Ipsimon shakl larning uzun-
ligi 15—20 mkm gacha boradi. Turli xil
to‘qi malardagi mito xondriyalarning soni
bir xil emas va hujayraning funksional
faolligiga bog‘liq. Ularning soni sintez
jarayonlari jadal amalga oshirilayotgan
(jigar) yoki ko‘p energiya sarfla na digan
hujayra larda ko‘p bo‘ladi.
|