A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
4.
1.
2.
Hujayraning qaysi organoidi oziqa moddalarni «hazm» qilishda
ishtirok etadi?
Ribosoma va mitoxondriyalarning asosiy vazifalarini ayting.


45
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
14- §. Yadro
Yadro — zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar hujayrasining muhim tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Hujayra yadrosida DNK ya’ni, genlar bo‘lib, ular ikki 
asosiy vazifani bajaradi: 1. Genetik axborotni saqlaydi va ko‘paytiradi. 2. 
Hujayrada sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonini idora qiladi. 
Hujayra yadrosiz uzoq yashay olmaydi va yadro ham hujayrasiz mustaqil 
yashash qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun sitoplazma bilan yadro o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan tizimni tashkil qiladi. odatda hujayralar bitta yadroga ega 
bo‘ladi. Ba’zan 2—3 yadroga ega bo‘lgan hujayralar ham uchrab turadi. Ko‘p 
yadroli hujayralar (ayrim hollarda o‘nlab yadrolar) borligi ham ma’lum. 
Yadroning shakli ko‘pincha hujayra shakliga o‘xshab ketadi. Ayrim hollarda 
noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lgan yadrolar ham uchraydi.
Yadro qo‘sh membranali qobiq bilan o‘ralgan. Tashqi, sitoplazma bilan 
tutashgan yadro membranasida ribosomalar joylashgan. Ichki tomondan 
yadro membranasi silliq bo‘ladi. Yadro qobig‘i hujayra membrana tizimi-
ning bir qismi hisoblanadi. Tashqi yadro membranasining o‘simtalari en-
doplazmatik to‘r kanallari bilan qo‘shilib, bir-biriga ulanib ketgan. Yadro 
bilan sitoplazma o‘rtasidagi moddalar almashinuvi ikki xil yo‘l bilan amal-
ga oshiriladi. Birinchidan, yadro qobig‘ida juda ko‘p teshikchalar mavjud 
bo‘lib, ular orqali yadro va sitoplazma o‘rtasida molekulalar almashinib 
turadi. Ikkinchidan, moddalar almashinuvi yadrodan sitoplazmaga va ak-
sincha yadro qobig‘ining o‘simtalarini yoki botib kirgan qismni ajratish yo‘li 
bilan ham amalga oshiriladi (46- betdagi 26- rasm).
Yadro bilan sitoplazma o‘rtasida faol modda almashinuvi bo‘lishiga qara-
masdan, yadro qobig‘i uning ichki qismini sitoplazmadan ajratib, ularning 
kimyo viy tarkibidagi farqni saqlab turadi. Bu yadro tizimining me’yorida 
ishlab turishi uchun zarurdir.
Hujayra yadrosi tarkibiga quyuq 
yadro shirasi
, xromatin va bitta yoki bir 
necha yadrocha kiradi. Tirik hujayradagi yadro shirasi, yadro tuzilishidagi 
oraliqlarini to‘ldirib turuvchi gelsimon massadan iborat. Yadro shirasi 
tarkibiga har xil oqsillar (shu jumladan fermentlar), erkin nukleotidlar, 
aminokislotalar hamda yadro va xromatin hayot faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lgan yadrodan sitoplazmaga chiqadigan mahsulotlar kiradi.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin