V bob
Tirik organizmlarning kimyoviy tuzilishi
19- §. Hujayraning elementar tarkibi
BO‘LIM
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
Hujayra tarkibiga kiruvchi organik
birikmalar
Hujayralarda moddalar va energiya
almashinuvi
Biologik evolutsiyaning boshlanishi Yerda hayotning hujayraviy shakl lari-
ning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bir hujayrali organizmlar alohida-alohida
yashovchi hujayralardan iboratdir. Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar va o‘sim-
liklarning tanasi ko‘p yoki kam sonli hujayralardan tashkil topgan bo‘lib,
murakkab organizm tarkibini tashkil etuvchi bo‘laklardan tuzilgan.
Hujayralar ayrim organizm ya’ni, yaxlit tirik tizimni yoki uning faqat
bir qismini ifoda qilishidan qat’iy nazar u barcha hujayralar uchun umumiy
hisoblangan belgilar va xususiyatlar to‘plamiga ega bo‘ladi.
Mamlakatimiz olimlari, hujayraning kimyoviy tarkibini, ularda sodir
bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni o‘rganishga katta xissa qo‘shmoqdalar.
Akademiklar Yo. To‘raqulov, B. Toshmuhamedov va ular shogirdlarining
bu sohadagi ishlari dunyo miqyosida e’tirof etilgan. Tirik organizmlarni
o‘rganish da elementar birlik hisoblangan hujayralarning kimyoviy tarkibi,
tuzilishi va hayot faoliyatining xususiyatlarini to‘liq ko‘rib chiqamiz.
Hujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan kimyoviy elementlardan 70
taga yaqini kiradi. Ular ko‘pincha
biogen elementlar
deb ataladi. Bu tirik va
jonsiz tabiatning umumiyligini ta’kidlovchi dalillardan biridir. Biroq tirik
va jonsiz tabiatdagi kimyoviy elementlarning o‘zaro nisbati turlicha bo‘ladi.
Tirik organizm tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar miqdoriga qarab bir
necha guruhga bo‘linadi. Bular: makroelementlar (C, o, H, N, P, S, K, Na,
Ca, Mg, Cl, Fe) va mikroelementlar (Zn, Cu, J, F, Co, Mo, Cr, Mn, B)
dir. Hujayra massasining 98% ni to‘rtta element: vodorod, kislorod, uglerod
va azot tashkil qiladi. Ular
makroelementlar
deb ataladi. Bu barcha organik
birikmalarning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bulardan tashqari bio-
Dostları ilə paylaş: